Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 20-sentabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota letnogo i texnicheskogo sostava udarnoy aviatsii i poiskovo-spasatelnoy slujbi v zone provedeniya SVO
Rabota letnogo i texnicheskogo sostava udarnoy aviatsii i poiskovo-spasatelnoy slujbi v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom etmoqda. 19-sentabr kuni Ukrainaning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 300 dan oshdi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan eng muhim voqealari.

Mudofaa vazirligining 20-sentabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Klesheyevka, Veseloe va Ximik aholi punktlari hududida UQKning 3-shturm brigadasi, 53 va 110 mexanizatsiyalashgan brigadalarining 5ta hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 175 nafar harbiy xizmatchi, bir tank, bir zirhli jangovar mashina va uchta pikapni tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jang davomida AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar gaubitsasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-30 gaubitsasi, shuningdek. "Smerch" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi avtomobili yo‘q qilindi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi Verbovoe qishlog‘i hududida UQKning 71-o‘rmonchilar (yeger) brigadasining 3ta hujumini qaytardi. Charivnoe qishlog‘i yaqinida UQKning 116-mexanizatsiyalashgan brigadasi ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyaga zarba berdi. Kun davomida Ukrainaning 35 nafargacha harbiy xizmatchisi, sakkizta zirhli jangovar texnikasi va ikkita avtomobili yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jang davomida AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" o‘ziyurar gaubitsasi, "Akasiya" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita D-30 va bitta D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Chervonaya Dibrova qishlog‘i hududida UQKning 63 va 67-mexaniklashtirilgan brigadalari bo‘linmalarining ikkita hujumini qaytardi.
Shuningdek, DXRning Torskoe aholi punkti va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 63-mexanizatsiyalashgan brigadasi, 12-maxsus maqsadli brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 5-brigadasining ishchi kuchi va texnikalariga guruhli zarba berildi.
Kun davomida Ukraina yo‘qotishlari 70 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita BMP, ikkita pikap va ikkita D-30 gaubitsasini tashkil qildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Zaporoje viloyatining Priyutnoe aholi punkti hududida UQKning 110-hududiy mudofaa brigadasining hujumini qaytardi.
Novomixaylovka va Vladimirovka aholi punktlari hududlarida UQKning 79-havo hujumi va 72-mexanizatsiyalashgan brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga aviatsiya va artilleriya zarbalari berildi. Novodoneskoe aholi punkti hududida UQKning 38-dengiz piyodalari brigadasining diversion-razvedka guruhining faoliyati bostirildi. Dushman yo‘qotishlari 135 tagacha harbiy xizmatchi, ikkita pikap va Msta-B gaubitsasini tashkild qildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatidagi Zagoruykovka, Ivanovka aholi punktlari hududlarida hamda LXRning Rozovka va Berestove aholi punktlarida UQKning 14, 32-mexanizatsiyalashgan va 25-havo-desant brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Natijada Ukrainaning 65 dan ortiq harbiy xizmatchisi, ikkita texnikasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M1097 "Avenger" zenit-raketa majmuasi yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" gaubitsasi, ikkita M777 artilleriya tizimi, shuningdek, D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyati, Gatishche aholi punkti hududida 120-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Xerson yo‘nalishida, Kazaskoe aholi punkti hududida hamda Aleshkinskiy va Pereyaslavskiy orollarida UQK maxsus operatsiyalar kuchlarining to‘rtta diversion-razvedka guruhi yo‘q qilindi. Dushmanning yo‘qotishlari 60 dan ortiq harbiy xizmatchilar, zirhli jangovar mashina va to‘rtta texnikani tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi va bitta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 126 ta hududda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
DXRning Ugledar shahri hududida UQK 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi bataloni qo‘mondonlik-kuzatuv punkti, shuningdek, qo‘shin bo‘linmalarini vaqtincha joylashtirish punkti, Petropavlovka aholi punkti hududida Ukraina 35-dengiz piyodalari brigadasi pozitsiyasiga zarba berildi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Nikolayev viloyati Novovladimirovka posolkasi hududida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24m bombardimonchi samolyotini urib tushirdi.
Dnepropetrovsk viloyatidagi Dolginsevo aerodromida Ukrainaning MiG-29 qiruvchi samolyoti uchuvchisiz uchish apparati tomonidan yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari va elektron kurash tizimlari bir sutkada to‘rtta “Storm Shadov” uzoq masofali qanotli raketa va 5ta "HIMARS" va "Smerch" raketalarini tutib oldi.
DXRning Nagornoe, Gorlovka, Mixaylovka, LXRning Belogorovka, Karamzinovka, Volcheyarovka, Novogorovka, Novoe, Mirnoe, Xerson viloyatining Podstepnoe va Kazak lagerlari aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 42 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina jami 475 ta samolyot, 249 ta vertolot, 6945 ta uchuvchisiz uchish apparati, 438 ta zenit-raketa tizimi, 12009 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1152 ta ko‘p raketari jangovar texnika, 6462 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13262 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0