https://oz.sputniknews.uz/20230920/mariupol-katyusha-video-39147871.html
Mariupolda yangragan “Katusha” 110 million martadan ziyod tomosha qilindi – video
Mariupolda yangragan “Katusha” 110 million martadan ziyod tomosha qilindi – video
Sputnik O‘zbekiston
Xitoylik qo‘shiqchi Van Fan qayta tiklanayotgan Mariupol teatrida ijro etgan afsonaviy “Katusha” qo‘shig‘i xalqaro shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu video internetda 110 million martadan ortiq ko‘rilgani, dunyoning yetakchi OAVlari bu haqda yozgani va Ukraina TIV bayonoti bunga yaqqol dalil.
2023-09-20T18:41+0500
2023-09-20T18:41+0500
2023-09-20T18:41+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
mariupol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39146537_0:43:636:401_1920x0_80_0_0_0b74d4881c60600440beba8d0f3cbf45.png
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Pavel Kotov. Van Fan sentabr boshida “Rossiya segodnya” mediaguruhining “Ukraina.ru” nashri xitoylik blogerlar uchun tashkil etgan safar chog‘ida Rossiyada bo‘ldi. Mariupolda xitoylik qo‘shiqchi “Katusha” qo‘shig‘ini kuyladi va bu bilan ijtimoiy tarmoqlar va OAVda katta shov-shuvni keltirib chiqardi.Bu qo‘shiq ijro etilgani haqidagi xabarni dunyoning ko‘plab yirik OAVlari, xususan, Britaniyaning “The Economist”, “The Telegraph” va BBC, Amerikaning CNN va “The New York Post” hamda boshqa qator G‘arb nashrlarini yozishdi.Ukrainada ham buni e’tibordan chetda qoldirishmadi. Masalan, mamlakat TIV rasmiy vakili Oleg Nikolenko ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy fuqarolarining DXRga kelishini qoralashini yozdi.“Ukraina Xitoyning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va Xitoy tomonidan Xitoy fuqarolarining Mariupolga tashrifi maqsadi va ularning vaqtincha bosib olingan Ukraina shahriga kelib qolishi yo‘llari borasida tushuntirish kutib qoladi”, - deya yozdi u.Ukrainalik diplomat barcha Xitoy delegatsiyasi a’zolariga Ukrainaga kirish taqiqlanishini ham ma’lum qildi.Ukraina internet tarmog‘ida Van Fan videosi 500 ming martadan ziyod ko‘rilgan. Mariupolda jarang sochgan qo‘shiq videosi Rossiya va Xitoyda mos ravishda 6 million va 100 million marta tomosha qilingan.Ukraina tomonining noroziliklariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Ukraina.ru” tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Van Fanning o‘zi bu borada fikr bildirdi.DXRda Xitoy delegatsiyasi Donesk Xalq Respublikasi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Denis Pushilin bilan uchrashdi. Xitoy vakillari Qrimda ham bo‘lib, mintaqa rahbari Sergey Aksonov bilan suhbatlashishdi.Blogerlar “Ukraina.ru” nashriga bu safarni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirishdi.
mariupol
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39146537_179:90:459:300_1920x0_80_0_0_736aec61afc597e290bd80475eb40e46.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoylik qo‘shiqchi van fan mariupol katusha qo‘shig‘i
xitoylik qo‘shiqchi van fan mariupol katusha qo‘shig‘i
Mariupolda yangragan “Katusha” 110 million martadan ziyod tomosha qilindi – video
Xitoylik qo‘shiqchi Van Fan qayta tiklanayotgan Mariupol teatrida ijro etgan afsonaviy “Katusha” qo‘shig‘i xalqaro shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu video internetda 110 million martadan ortiq ko‘rilgani, dunyoning yetakchi OAVlari bu haqda yozgani va Ukraina TIV bayonoti bunga yaqqol dalil.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Pavel Kotov. Van Fan sentabr boshida “Rossiya segodnya” mediaguruhining
“Ukraina.ru” nashri xitoylik blogerlar uchun tashkil etgan safar chog‘ida Rossiyada bo‘ldi. Mariupolda xitoylik qo‘shiqchi “Katusha” qo‘shig‘ini kuyladi va bu bilan ijtimoiy tarmoqlar va OAVda katta shov-shuvni keltirib chiqardi.
“Xitoy xalq ozodlik armiyasi askarlari Moskvada Qizil maydondagi paradda ijro etgan “Katusha” qo‘shig‘i” bizning mamlakatda fashistlarga qarshi eng yaxshi qo‘shiqlar o‘ntaligiga kirdi va hozirgacha Xitoy xalqini ilhomlantiradi”, - deya tushuntirdi Van Fan o‘z tanlovini.
Bu qo‘shiq ijro etilgani haqidagi xabarni dunyoning ko‘plab yirik OAVlari, xususan, Britaniyaning “The Economist”, “The Telegraph” va BBC, Amerikaning CNN va “The New York Post” hamda boshqa qator G‘arb nashrlarini yozishdi.
Ukrainada ham buni e’tibordan chetda qoldirishmadi. Masalan, mamlakat TIV rasmiy vakili Oleg Nikolenko ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy fuqarolarining DXRga kelishini qoralashini yozdi.
“Ukraina Xitoyning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi va Xitoy tomonidan Xitoy fuqarolarining Mariupolga tashrifi maqsadi va ularning vaqtincha bosib olingan Ukraina shahriga kelib qolishi yo‘llari borasida tushuntirish kutib qoladi”, - deya yozdi u.
Ukrainalik diplomat barcha Xitoy delegatsiyasi a’zolariga Ukrainaga kirish taqiqlanishini ham ma’lum qildi.
Ukraina internet tarmog‘ida Van Fan videosi 500 ming martadan ziyod ko‘rilgan. Mariupolda jarang sochgan qo‘shiq videosi Rossiya va Xitoyda mos ravishda 6 million va 100 million marta tomosha qilingan.
Ukraina tomonining noroziliklariga to‘xtaladigan bo‘lsak,
“Ukraina.ru” tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Van Fanning o‘zi bu borada fikr bildirdi.
“Xitoy qonuniga ko‘ra bo‘lib turgan mamlakat qonunlarini hurmat qilmoq darkor. Agar bizda Rossiya vizasi bo‘lsa, biz uning har bir mintaqasiga borishimiz mumkin. Agar Ukrainaning savollari bo‘lsa, u buni Rossiya hukumati bilan oydinlashtirib olishi mumkin. Tayvanga borayotgan ukrainlarning Xitoy vizasi yo‘q edi”, - dedi u.
DXRda Xitoy delegatsiyasi Donesk Xalq Respublikasi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Denis Pushilin bilan uchrashdi. Xitoy vakillari Qrimda ham bo‘lib, mintaqa rahbari Sergey Aksonov bilan suhbatlashishdi.
Blogerlar “Ukraina.ru” nashriga bu safarni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirishdi.