“Karate hamma uchun” dasturi ishlab chiqiladi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Chempionat Azii po karate WKF.
Chempionat Azii po karate WKF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
2023–2026 yillarda karateni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekistonda aholining barcha qatlamlari, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning karate bilan shug‘ullanishlari uchun hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bu Yoshlar siyosati va sport vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan karate (WKF) sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, ushbu sport turi bo‘yicha zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish hamda milliy terma jamoalarning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsad qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda karatening “Kata” yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish orqali nafas olish, xotira va konsentratsiyani saqlash, vestibulyar apparatni chiniqtirish kabi sog‘lomlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, istiqbolda maktabgacha ta’lim muassasalarida “kids karate” loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida karate bo‘yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalari tashkil etiladi.
Karate WKF bo‘yicha Yoshlar ligasi xalqaro turnir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
Karate WKF: o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Yangiliklar lentasi
0