https://oz.sputniknews.uz/20230920/janubiy-koreya-ozbekistonlik-yongin-ayol-39127684.html
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolib ketgan ayolni qutqardi
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolib ketgan ayolni qutqardi
Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yong‘in ichida qolib ketgan 69 yoshli ayolni qutqardi. Keksa er-xotin tomonidan boshqariladigan kafeda soat 18:44 atrofida yong‘in kelib chiqqan. Portlash ovozi, oynalar sinishi va alangani ko‘rgan odamlardan biri yong‘in-qutqaruv raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.
2023-09-20T11:36+0500
2023-09-20T11:36+0500
2023-09-20T11:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
janubiy koreya
yong‘in
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39127191_0:171:1280:891_1920x0_80_0_0_b4c2857392bf24f797ce6668f17ba042.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yong‘in ichida qolib ketgan 69 yoshli ayolni qutqardi. Bu haqda “The Korean Herald” nashri xabar bermoqda.Janubiy Konsan viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, keksa er-xotinning kafesida soat 18:44 atrofida yong‘in kelib chiqqan. Portlash ovozi, oynalar sinishi va alangani ko‘rgan odamlardan biri yong‘in-qutqaruv raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.Yong‘in tezda va kutilmaganda yoyilib ketgani sababli ayol restoranda ichida qolib ketgan. O‘t o‘chirish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, u kuygan va joyida yiqilib, og‘ir ahvolda qolgan.Ayolning 70 yoshli turmush o‘rtog‘i esa yong‘in boshlanishidan oldin restoranni tark etishga ulgurgan va kuchli yong‘in tufayli qaytib kira olmagan. Shu paytda qo‘shni xonadonda yashovchi 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yong‘in ichiga kirib, ayolni yong‘indan olib chiqqan.Ayni paytda ayol butun tanasining ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan kasalxonada davolanmoqda, uning eri ham yong‘inda olgan jarohatlari tufayli muolaja olmoqda. Uni qutqargan o‘zbekistonlik erkak shisha sinishidan yengil tan jarohati olgan. Unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.Yong‘in oqibatida butun restoran va yaqin atrofdagi avtomobillarga zarar yetgan. U soat 19:11 da to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in zarari 80 million vonga (60 419 dollar) baholanmoqda.Yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/14/39127191_85:156:1095:913_1920x0_80_0_0_97809ed4e15a60cdb7a9182981a83fc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in
janubiy koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in
Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolib ketgan ayolni qutqardi
Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak kuchli yong‘in ichida qolgan keksa ayol hayotini saqlab qoldi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yong‘in ichida qolib ketgan 69 yoshli ayolni qutqardi. Bu haqda “The Korean Herald” nashri
xabar bermoqda. Janubiy Konsan viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, keksa er-xotinning kafesida soat 18:44 atrofida yong‘in kelib chiqqan. Portlash ovozi, oynalar sinishi va alangani ko‘rgan odamlardan biri yong‘in-qutqaruv raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Yong‘in tezda va kutilmaganda yoyilib ketgani sababli ayol restoranda ichida qolib ketgan. O‘t o‘chirish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, u kuygan va joyida yiqilib, og‘ir ahvolda qolgan.
Ayolning 70 yoshli turmush o‘rtog‘i esa yong‘in boshlanishidan oldin restoranni tark etishga ulgurgan va kuchli yong‘in tufayli qaytib kira olmagan. Shu paytda qo‘shni xonadonda yashovchi 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yong‘in ichiga kirib, ayolni yong‘indan olib chiqqan.
Ayni paytda ayol butun tanasining ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan kasalxonada davolanmoqda, uning eri ham yong‘inda olgan jarohatlari tufayli muolaja olmoqda. Uni qutqargan o‘zbekistonlik erkak shisha sinishidan yengil tan jarohati olgan. Unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Yong‘in oqibatida butun restoran va yaqin atrofdagi avtomobillarga zarar yetgan. U soat 19:11 da to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in zarari 80 million vonga (60 419 dollar) baholanmoqda.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.