IMEI-kodlarini klonlash va noqonuniy mayning uchun javobgarlik belgilanadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSmartfon
Smartfon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Deputatlar IMEI-kodlarini klonlash va noqonuniy mayning uchun javobgarlik to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro yagona identifikatsiya kodini (IMEI) yoki abonent qurilmasining identifikatsiya modulini noqonuniy ravishda o‘zgartirganlik yoki nusxalaganlik, shuningdek, kriptoaktivlar aylanmasi va noqonuniy mayning sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kiritiladi.
Qonun loyihasining birinchi o‘qishi 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan, o‘shanda loyihani deputatlar konseptual jihatdan qabul qilgan edi. Keyin deputatlar, ekspertlar va huquqshunoslarning takliflarini inobatga olgan holda takomillashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi mobil telefonlar maxsus IMEI kodi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi tartibi 2019-yil 1-apreldan joriy etilgan. Joriy yilning fevral oyida Toshkent IIBB O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy klonlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.
IMEI kod haqida savollar va javoblar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2021
IMEI kod aslida nima uchun kerak?
Yangiliklar lentasi
0