https://oz.sputniknews.uz/20230919/xitoy-tiv-berbok-si-tszinpin-39086062.html
Xitoy TIV Germaniya elchisini Berbok Si Szinpin haqida aytgan so‘zlari tufayli chaqirtirdi
Xitoy TIV Germaniya elchisini Berbok Si Szinpin haqida aytgan so‘zlari tufayli chaqirtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu holat Berbok Amerikaning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi mojaroning tugashini qanday ko‘rishini muhokama qilayotib, Rossiya g‘alabasi “Si (Szinpin. — tahr.) kabi diktatorlar uchun ishora” bo‘lishini aytganidan keyin sodir bo‘lgan. Dushanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning Xitoy raisi Si Szinpinni “diktator” degan so‘zlari bema’nilik va ochiq siyosiy provokatsiya ekanligini aytdi.
2023-09-19T13:09+0500
2023-09-19T13:09+0500
2023-09-19T13:09+0500
xitoy
germaniya
si szinpin
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1e/19881987_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0f7d1ee064c0159a59a867e92e50f6ef.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Germaniya elchisi Patrisiya Florni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning Xitoy rahbari Si Szinpinni “diktator” deb atagan so‘zlari tufayli chaqirtirdi.Qayd etilishicha, bu holat Berbok Amerikaning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi mojaroning tugashini qanday ko‘rishini muhokama qilayotib, Rossiya g‘alabasi “Si (Szinpin. — tahr.) kabi diktatorlar uchun ishora” bo‘lishini aytganidan keyin sodir bo‘lgan.Dushanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning Xitoy raisi Si Szinpinni “diktator” degan so‘zlari bema’nilik va ochiq siyosiy provokatsiya ekanligini aytdi.Xitoy Germaniyaning eng muhim savdo hamkori hisoblanadi. Iyul oyida Germaniya hukumati Xitoyga nisbatan strategiyani e’lon qildi, unda XXRga “yondashuvni o‘zgartirish” va hamkorlikning yangi parametrlarini belgilash ifodalangan. Strategiya federal hukumat Germaniyaning turmush tarzi, suvereniteti, farovonligi, xavfsizligi va boshqa mamlakatlar bilan hamkorligiga xavf solmagan holda Xitoy bilan hamkorlik qilish yo‘llari va vositalarini ko‘rsatishga qaratilgan.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1e/19881987_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d367953d9720c4580c998419bf98f141.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
annalena berbok si szinpin diktator
annalena berbok si szinpin diktator
Xitoy TIV Germaniya elchisini Berbok Si Szinpin haqida aytgan so‘zlari tufayli chaqirtirdi
Avvalroq Pekin Annalena Berbokning Xitoy yetakchisi Si Szinpinni “diktator” degan so‘zlari bema’nilik va ochiq siyosiy provokatsiya ekanligini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Germaniya elchisi Patrisiya Florni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning Xitoy rahbari Si Szinpinni “diktator” deb atagan so‘zlari tufayli chaqirtirdi.
“Germaniyaning Pekindagi elchisi Patrisiya Flor yakshanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi”, — deb yozadi “Spiegel” nashri Germaniya tashqi ishlar vazirligining nomi oshkor etilmagan vakiliga tayanib.
Qayd etilishicha, bu holat Berbok Amerikaning “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi mojaroning tugashini qanday ko‘rishini muhokama qilayotib, Rossiya g‘alabasi “Si (Szinpin. — tahr.) kabi diktatorlar uchun ishora” bo‘lishini aytganidan keyin sodir bo‘lgan.
Dushanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning Xitoy raisi Si Szinpinni “diktator” degan so‘zlari bema’nilik va ochiq siyosiy provokatsiya ekanligini aytdi.
Xitoy Germaniyaning eng muhim savdo hamkori hisoblanadi. Iyul oyida Germaniya hukumati Xitoyga nisbatan strategiyani e’lon qildi, unda XXRga “yondashuvni o‘zgartirish” va hamkorlikning yangi parametrlarini belgilash ifodalangan. Strategiya federal hukumat Germaniyaning turmush tarzi, suvereniteti, farovonligi, xavfsizligi va boshqa mamlakatlar bilan hamkorligiga xavf solmagan holda Xitoy bilan hamkorlik qilish yo‘llari va vositalarini ko‘rsatishga qaratilgan.