"Uzbekistan Airways" Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda — aviaqatnov sanasi

© Uzbekistan AirwaysUzbekistan Airways samolyoti
Uzbekistan Airways samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya poytaxtlari o‘rtasidagi parvozlar shu yilning 4-noyabrdan yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. "Uzbekistan Airways" noyabr oyida Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
O‘zbekiston va Turkiya poytaxtlari o‘rtasidagi parvozlar shu yilning 4-noyabrdan yo‘lga qo‘yiladi. Reys haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkentdan uchish vaqti soat 06:15 da, yetib borish Turkiya vaqti bilan soat 9:15 da. Chiptalar narxi 19-sentabr holatiga 2 mln so‘mdan boshlanadi.
“Ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo‘nalishlar ochish bo‘yicha erishilgan kelishuvga asosan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent – Anqara – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi”, - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida 15–16 iyun kunlari Istanbul shahrida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlarining maslahatlashuvlarida qator kelishuvlarga erishilgan.
"Uzbekistan Airways" matbuot xizmatining xabar berishicha, aviachiptalar sotuvi 18-sentabrdan boshlab ochiq.
Yangiliklar lentasi
0