Turkiyadagi zilzilada jabr ko‘rgan yoshi ulug‘ insonlar Toshkentga keldi

© Xokimiyat goroda TashkentaTurkiyadagi zilzilada jabr ko‘rgan yoshi ulug‘ insonlar Toshkentga keldi
Turkiyadagi zilzilada jabr ko‘rgan yoshi ulug‘ insonlar Toshkentga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, sayohat davomida turkiyalik mehmonlar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Urganch kabi qator shaharlarga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Kecha, 18-sentabr kuni Toshkentga Turkiyada ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rgan bir guruh yoshi ulug‘ insonlar tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularni “Toshkent” xalqaro aeroportida “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari S. Usmonov, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari F. Davrukov, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi R. Kalonov va boshqa mutasaddilar kutib olishdi.
Tashrif doirasida mehmonlar bilan O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi S. Turdiyev uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Ta’kidlanishicha, sayohat davomida turkiyalik mehmonlar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Urganch kabi qator shaharlarga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar to‘qqiz soatlik interval bilan sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari mamlakatning 11 viloyati va qo‘shni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezildi. Turkiya rasmiylari zilzilani “asr falokati” deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0