https://oz.sputniknews.uz/20230919/ozbekistonda-bukmekerlik-xizmatlarini-targib-qiluvchi-27-ta-sayt-bloklandi-39099225.html
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
Sputnik O‘zbekiston
2019 yil dekabr oyida Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik shoxobchalarini ochishga ruxsat berishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Biroq 2022-yil aprel oyi oxirida prezident bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish imkonini beruvchi ilgari tasdiqlangan ko‘rsatmalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
2023-09-19T15:33+0500
2023-09-19T15:33+0500
2023-09-19T15:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bukmekerlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24273021_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_c49583153294694b327534c829ebe191.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda pul tikish xizmatlarini taklif qiluvchi 27 ta saytga kirish cheklandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlarning pul tikish va pul tikish xizmatlari reklamasi yuzasidan ichki ishlar organlariga 11 ta xat yuborilgan.Qo‘mita reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etishlarini so‘rab, turli soha va yo‘nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xatini bergan.Ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar, tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklamaning meyoriy hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha jami 24 mingdan ortiq tadqiqot o‘tkazildi.Shundan 8 mingdan ortiq holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlardagi 4,5 mingdan ortiq reklama o‘rganilgan. Shundan Facebook'da* 144 ta, Instagram'da* 344 ta, Telegram'da 4 108 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.Shuningdek, oziq-ovqat qo‘shimchalari, malhamlar, balzamlar, damlamalar, shifobaxsh va mineral suvlar reklamasi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelib tushgan 150 ta murojaat o‘rganib chiqilgan. 103 ta holatda qonunbuzarliklar aniqlanib, bartaraf etilgan.Eslatib o‘tamiz, 2019-yil dekabr oyida Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik shoxobchalarini ochishga ruxsat berishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Biroq 2022-yil aprel oyi oxirida prezident bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish imkonini beruvchi ilgari tasdiqlangan ko‘rsatmalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.* Meta (Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari) faoliyati Rossiyada ekstremistik sifatida tan olinib taqiqlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1d/24273021_167:0:1500:1000_1920x0_80_0_0_10bcf976e4b42e813ca7f4d617ead0b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari taqiq
o‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari taqiq
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi
15:33 19.09.2023 (yangilandi: 15:36 19.09.2023) IIOga estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha 11 ta xat kiritilgan.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda pul tikish xizmatlarini taklif qiluvchi 27 ta saytga kirish cheklandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlarning pul tikish va pul tikish xizmatlari reklamasi yuzasidan ichki ishlar organlariga 11 ta xat yuborilgan.
Qo‘mita reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etishlarini so‘rab, turli soha va yo‘nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xatini bergan.
Ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar, tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklamaning meyoriy hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha jami 24 mingdan ortiq tadqiqot o‘tkazildi.
Shundan 8 mingdan ortiq holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlardagi 4,5 mingdan ortiq reklama o‘rganilgan. Shundan Facebook'da* 144 ta, Instagram'da* 344 ta, Telegram'da 4 108 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, oziq-ovqat qo‘shimchalari, malhamlar, balzamlar, damlamalar, shifobaxsh va mineral suvlar reklamasi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelib tushgan 150 ta murojaat o‘rganib chiqilgan. 103 ta holatda qonunbuzarliklar aniqlanib, bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil dekabr oyida Shavkat Mirziyoyev 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda bukmekerlik shoxobchalarini ochishga ruxsat berishni nazarda tutuvchi farmonni
imzolagan edi. Biroq 2022-yil aprel oyi oxirida prezident bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish imkonini beruvchi ilgari tasdiqlangan ko‘rsatmalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni
imzoladi.* Meta (Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari) faoliyati Rossiyada ekstremistik sifatida tan olinib taqiqlangan.