Konstantinovkadagi bozorga Ukraina raketasi kelib tushgan – NYT

© AFP 2023 / POLINA MELNYKPosledstviya udara po rinku v Konstantinovke. 6-sentabrya 2023
Posledstviya udara po rinku v Konstantinovke. 6-sentabrya 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
Sentabr boshida Konstantinovkadagi gavjum bozorga raketa kelib tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi va 32 kishi jabrlandi. Unda Ukraina Rossiyani ayblagandi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Donesk xalq respublikasining Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) nazorati ostidagi Konstantinovka shahri bozoriga “Buk” zenit-raketa kompleksi uchirgan Ukraina raketasi kelib tushgan. Bu haqda “New York Times” gazetasi o‘zi o‘tkazgan surishtiruv natijalariga tayangan holda yozmoqda.
Sentabr boshida Konstantinovkadagi gavjum bozorga raketa kelib tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi va 32 kishi jabrlandi.
Nashrning ta’kidlashicha, “The New York Times” to‘plagan va tahlil qilgan ma’lumotlar, jumladan, raketa parchalari, sun’iy yo‘ldosh suratlari, guvohlar ko‘rsatmalari va ijtimoiy tarmoqlardagi postlar halokatli zarba “Buk” raketa kompleksidan uchirilgan, yo‘nalishidan adashgan Ukraina havo hujumidan mudofaa raketasi zarbasi natijasida ro‘y bergan deb taxmin qilishga ishonchli asos beradi.
Gazetaning yozishicha, Ukraina hukumati avvaliga jurnalistlarning zarba berilgan joyga borishiga va raketa parchalarini tekshirishiga ruxsat bermagan. Ammo jurnalistlar hodisa joyiga borishga, guvohlarni so‘roq qilishga va qo‘llangan qurol parchalarini to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan.
Xususan, nashr kuzatuv kameralari yozuvlaridan raketa Konstantinovkaga Rossiya pozitsiyasi tomonidan emas, balki Ukraina nazorati ostidagi hududdan uchib kelganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Gazeta jurnalistlari zarba vaqt bo‘yicha UQK pozitsiyalaridan amalga oshirilgan ikkita raketa uchirilishiga muvofiq kelishini aniqlashgan. Binolarning oldi tomonidagi yoriqlar o‘lchami esa “Buk” zarba beradigan qurol elementlari o‘lchamiga mos keladi.
Ukraina Konstantinovkaga raketa bilan zarba berganlikda Rossiyani ayblagandi, biroq bir qator G‘arb ekspertlari Kiyev e’lon qilgan videoda raketa Ukraina qo‘shinlari nazorati ostidagi hududdan uchib kelayotgani aks etganiga e’tibor qaratishdi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak raketa Ukraina pozitsiyasidan uchib kelganiga oid ma’lumotlar mavjudligiga qaramay, surishtiruv o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya tashkilot Xavfsizlik Kengashining Ukrainaga bag‘ishlangan majlisida nutq so‘zlayotib, bu hodisani Kiyevning yana bir mudhish jinoyati deb atadi. U hatto Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy joylagan videodagi kadrlarda raketa faqat ukrain pozitsiyasi bo‘lgan shimoli-g‘arbdan uchib kelayotgani ko‘rinib turganiniga e’tibor qaratdi. Nebenzaning so‘zlariga ko‘ra, bu provokatsiya yangi harbiy va moliyaviy yordam olish uchun AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Ukrainaga tashrifiga to‘g‘rilab uyushtirilgan.
O‘z navbatida, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Rossiya BMTda G‘arbga bu provokatsiyani unutishiga yo‘l bermasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, noqulay tafsilotlar yuzaga chiqishi bilanoq Ukraina hukumati va uning g‘arblik hamkorlari bu mavzuni chetlab o‘ta boshlashdi.
Yangiliklar lentasi
0