Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Donesk yo‘nalishida Ukraina QKning 7 ta hujumi qaytarildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRossiya askari maxsus harbiy operatsiya zonasida
Rossiya askari maxsus harbiy operatsiya zonasida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlarining janubiy guruhi Donesk yo‘nalishidagi yettita hujumni qaytardi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining janubiy guruhi Donesk yo‘nalishidagi yettita hujumni qaytardi, natijada Kiyev 210 nafargacha harbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Bu haqda “Yug” guruhi matbuot markazi rahbari Georgiy Minesashvili RIA Novostiga xabar berdi.
Donesk yo‘nalishi bo‘yicha janubiy kuchlar guruhi bo‘linmalarining samarali harakatlari Ukraina qurolli kuchlarining Soledaro-Artyomovsk, Avdeyevka va Aleksandro-Kalinovsk yo‘nalishlarida bo‘lgan 7 ta hujumini qaytardi. Dushman 210 nafargacha harbiy xizmatchini yo‘qotdi, - dedi Minesashvili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh aviatsiyasi Avdeyevkadagi Ukraina harbiy bo‘linmalari nishonlariga raketa va bombali hujumlar uyushtirgan. Vaqtinchalik joylashtirish punkti, zaxira qo‘mondonlik punkti va aloqa markazi vayron qilingan. Minesashvilining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya harbiylari Spornoe, Veseloe va Novgorodskoe aholi punktlari hududlarida ham dushman askarlarini mag‘lub etgan.
“Guruh artilleriyasi Amerikada ishlab chiqarilgan ikkita M777 quroli, ikkita D-30 gaubitsasi, bitta tank, ikkita 120 kalibrli va bitta 82 kalibrli minomot, yettita avtomobilni yo‘q qildi, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish markazi va AGS granata otish pozitsiyasiga zarba berdi”, — xulosa qildi matbuot markazi rahbari.
UQK to‘rt oydan beri Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan o‘qitilgan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan brigadalar bilan harakat qilmoqda, biroq hech qaysi yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgani yo‘q. Vladimir Putin aytganidek, Ukraina armiyasining qarshi hujumi shunchaki to‘xtab qolgani yo‘q, u butkul muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Yangiliklar lentasi
0