Cyenat qo‘mitasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan qonunni ko‘rib chiqdi

© Press-slujba SenataCyenat qo‘mitasi yig‘ilishi
Cyenat qo‘mitasi yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ayrim diniy blogerlarning ijtimoiy tarmoqlarda faqat o‘zining diniy qarashlarini ifodalovchi va diniy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan chiqishlari ko‘payib bormoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Jinoyat kodeksga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda mamlakatda diniy soha vakillari qonuniy nikoh bo‘lmasa ham nikoh tuzishga doir diniy marosimlarni amalga oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan ijtimoiy muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, ayrim diniy blogerlarning ijtimoiy tarmoqlarda dunyoviy va diniy hayot tarzini olib boruvchi jamiyat vakillari orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan, faqat o‘zining diniy qarashlarini ifodalovchi va diniy adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan chiqishlari ko‘payib borayotganligi qayd etildi.
Ko‘rib chiqilgan qonunda milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik, ko‘p xotinli bo‘lishni targ‘ib qilganlik, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilganlik uchun tegishli javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik hamda fuqarolarni milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitganlik hamda diniy tashkilot tomonidan o‘zining ustavida nazarda tutilmagan faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun bilan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
“Muhokamalar jarayonida bu qonunning qabul qilinishi natijasida jamiyatda millatlararo totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga, dunyoviy qadriyatlarni saqlab qolishga hamda xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga erishilishi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Mavzuga oid:

Jamoat joylarida yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin
Noqonuniy sha’riy nikoh o‘qiganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
Qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0