Ukraina Polsha, Vengriya va Slovakiya ustidan JSTga da’vo arizasi kiritdi

© AP Photo / Efrem LukatskyDon mahsulotlarini tashish. Illyustrativ surat
Don mahsulotlarini tashish. Illyustrativ surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina don mahsulotlari importiga cheklov kiritgan uch Yevropa davlati ustidan JSTga eksportini
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Kiyev Jahon savdo tashkilotiga (JST) Ukraina don mahsulotlarini olib kirishga taqiqi qo‘ygan uch Yevropa davlati ustidan shikoyat qildi. Bu haqida RIA Novosti Ukraina Iqtisodiyot vazirligiga asosan xabar qilmoqda.
"Ukraina Jahon savdo tashkilotiga Polsha, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni ta’qiqlagan Slovakiya va Vengriyaga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi", — deyiladi nashr xabarida.
Vazirliik ushbu davlatlar cheklovlarni olib tashlashiga umid bildirdi va aks holda uzoq vaqt "munosabatlarni sudlarda hal qilishga" to‘g‘ri kelishiga shama qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha, Slovakiya va Vengriyaning aybi bilan Ukraina eksportchilari uzoq vaqt davomida tashqi iqtisodiy kelishuvlarni bajara olmaslik tufayli allaqachon katta zarar ko‘rgan va ko‘rishda davom etmoqda.
O‘tgan juma kuni Yevrokomissiya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining to‘rt turini Yevropa Ittifoqining bir nechta chegaradosh davlatlariga import qilish bo‘yicha cheklovlarni uzaytirmaslikka qaror qildi, ammo Kiyevni eksport nazorati choralarini joriy etishga majbur qildi.
Ko‘p o‘tmay, Polsha, Slovakiya va Vengriya mustaqil ravishda Ukrainaga don embargosini joriy qildi. Xususan, Budapesht taqiqni milliy asosda uzaytirdi; 24 ta mahsulot taqiqlangan import ro‘yxatiga kiritilgan. Bu dondan tashqari turli xil go‘sht, parranda go‘shti, tuxum, asal, sabzavot va sharobni ham o‘z ichiga olgan.

Ukraina donini import qilishni taqiqlash

Joriy yilning mart oyi oxirida Ukraina bilan chegaradosh beshta Yevropa Ittifoqi davlati (Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya va Slovakiya) Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga Ukrainadan kelayotgan arzon don mahsulotlari oqimi tufayli yuzaga kelgan inqirozga aralashishni so‘ragan edi. Shundan so‘ng YeK chegaradosh davlatlarida vaqtinchalik cheklovchi choralarni qabul qildi. Ular 15-sentabrgacha davom etdi.
Cheklovlar Ukrainadan kelib chiqqan bug‘doy, makkajo‘xori, raps va kungaboqar urug‘larini chegaradosh besh davlatdan tashqari barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida erkin muomalaga o‘tkazishda davom etishini bildiradi. Bunga parallel ravishda, bu davlatlar Kiyev tomonidan yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan bir tomonlama choralarni bekor qilishga va’da berishdi.
Yangiliklar lentasi
0