Rossiya O‘zbekistonda rus maktablarini qurishga tayyor – Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishMixail Mishustin
Mixail Mishustin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, istiqbolda O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining yangi filiallarini ochish rejalari ham bor.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonda ta’lim rus tilida olib boriluvchi bir nechta maktab barpo etishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida ma’lum qildi.
“Biz O‘zbekistonda ta’lim rus tilida, Rossiya dasturlari bo‘yicha olib boriladigan bir nechta maktab qurishga tayyormiz”, - dedi Mishustin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shunda o‘quvchilar Rossiya madaniyati va an’analari bilan yaxshiroq tanishishlari mumkin bo‘ladi.
“O‘zbekiston qiziqish bildirgan taqdirda shunday talabnomani ko‘rib chiqamiz”, - deya va’da berdi Rossiya hukumati rahbari.
Mishustin Moskva ta’lim sohasidagi kooperatsiyani rivojlantirishda davom etishini ma’lum qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya oliygohlarida ta’lim olayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston xorijiy davlatlar orasida yetakchi o‘rinda.
“60 mingdan ziyod o‘zbek talabalarining qariyb 14 ming nafari davlat stipendiyalari hisobidan bilim olmoqda. Yangi o‘quv yilida Rossiya oliygohlariga O‘zbekistondan yoshlarni hukumat kvotasi bilan qabul qilish 650 tadan 800 kishigacha ko‘paytirildi”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Uning ta’kidlashicha, istiqbolda O‘zbekistonda Rossiya oliygohlarining yangi filiallarini ochish rejalari bor.
“Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari yaxshi qo‘shnichilik, sherikchilik, ittifoqchilik tamoyillariga asoslangan. Xalqlarimizni ko‘p asrlik umumiy tarix bog‘lab turadi”, - dedi Mishustin.
Nachal svoyu deyatelnost sentr russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2023
Qarshida rus tili markazi ish boshladi
Yangiliklar lentasi
0