https://oz.sputniknews.uz/20230918/qurigan-orol-tubida-marafon-foto-video-39072769.html
Qurigan Orol dengizi tubida marafon: foto, video
Qurigan Orol dengizi tubida marafon: foto, video
Sputnik O‘zbekiston
"Borsa-Kelmas" trakti bo‘ylab 42 km: amerikalik ultramarafonchi jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi fojiasiga qaratmoqda 18.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-18T21:12+0500
2023-09-18T21:12+0500
2023-09-18T21:13+0500
ekologiya
orol dengizi
marafon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/12/39072097_0:1:3639:2048_1920x0_80_0_0_b1155f28f279b921396489777ee016c0.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Sportchi Andrey Kulikov va ultramarafonchi Din Karnasis Qurigan Orol dengizi tubi va "Barsa-Kelmes" darasi bo‘ylab deyarli 42 km 195 m masofa yugurishdi. Poyga Orol dengizidan 60 km uzoqlikda joylashgan qurib qolgan Barsa-Kelmes traktida bo‘lib o‘tdi.Orol dengizida o‘tkazilgan marafonning maqsadi mintaqadagi ekologik vaziyatga jahaon hamjamiyatining e’tiborini qaratishdir. Bu yil sport tadbiriga dunyoga mashhur amerikalik ultramarafonchi Din Karnasis qo‘shildi. U marafon olamidagi yutuqlari, jumladan, 2005-yilda uyqusiz 80 soat 44 daqiqada 350 mil (560 km) masofani bosib o‘tgani bilan mashhur. Tadbir O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov va Prorun.uz yugurish maktabi asoschisi Andrey Kulikov tashabbusi bilan tashkil etilgan. 4 soat, 51 daqiqa, 18 soniya davom etgan marafon natijalariga ko‘ra, Din Karnasisning qadamlari yig‘indisi 43 420, Andrey Kulikovniki 44 860 bo‘lib, jami 88 280 qadamni tashkil etdi.Ma’lumot uchun, 2022-yilda Andrey Kulikov Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km 195 m masofani 4 soat 9 daqiqada bosib o‘tgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/12/39072097_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_abae2d2d485d1d704fc7c5454b571d38.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , orol dengizi, marafon
ekologiya , orol dengizi, marafon
Qurigan Orol dengizi tubida marafon: foto, video
21:12 18.09.2023 (yangilandi: 21:13 18.09.2023) "Borsa-Kelmas" trakti bo‘ylab 42 km: amerikalik ultramarafonchi jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi fojiasiga qaratmoqda
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Sportchi Andrey Kulikov va ultramarafonchi Din Karnasis Qurigan Orol dengizi tubi va "Barsa-Kelmes" darasi bo‘ylab deyarli 42 km 195 m masofa yugurishdi. Poyga Orol dengizidan 60 km uzoqlikda joylashgan qurib qolgan Barsa-Kelmes traktida bo‘lib o‘tdi.
Marafondan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi ekologik fojiasiga jalb qilish, shuningdek, 19–23 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 2023-yilgi sessiyasida dolzarb global ekologik muammolarga bag‘ishlangan muhokamalarni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirishdan iborat, - deyiladi xabarda.
Orol dengizida o‘tkazilgan marafonning maqsadi mintaqadagi ekologik vaziyatga jahaon hamjamiyatining e’tiborini qaratishdir. Bu yil sport tadbiriga dunyoga mashhur amerikalik ultramarafonchi Din Karnasis qo‘shildi. U marafon olamidagi yutuqlari, jumladan, 2005-yilda uyqusiz 80 soat 44 daqiqada 350 mil (560 km) masofani bosib o‘tgani bilan mashhur.
Tadbir O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov va Prorun.uz yugurish maktabi asoschisi Andrey Kulikov tashabbusi bilan tashkil etilgan.
4 soat, 51 daqiqa, 18 soniya davom etgan marafon natijalariga ko‘ra, Din Karnasisning qadamlari yig‘indisi 43 420, Andrey Kulikovniki 44 860 bo‘lib, jami 88 280 qadamni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda Andrey Kulikov Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km 195 m masofani 4 soat 9 daqiqada bosib o‘tgan edi.