https://oz.sputniknews.uz/20230918/qishloq-xojaligi-vazirligi-un-narxi-39061453.html
Qishloq xo‘jaligi vazirligi un narxi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi un narxi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200-300 so‘mga oshganini (joylarda savdo rastalarida erkin narx belgilanishi oqibatida bundan ortiq darajada oshganini) ko‘rsatadi.
2023-09-18T14:19+0500
2023-09-18T14:19+0500
2023-09-18T14:20+0500
iqtisod
qishloq xo‘jaligi vazirligi
o‘zbekiston
un
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24948989_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_b6a7d595177d7c950604ac2aa171a3f5.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Un narxi 20 kunda o‘z joyiga qaytadi” sarlavhali xabarlarga munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, un narxi bilan bog‘liq xabarlarda vazir o‘rinbosari un narxi emas, aksincha, bug‘doy narxi haqida fikr bildirgan. 20 kunda narxning o‘z joyiga tushishi deb, mavsumiy tebranishlarni e’tiborga olgan holda hosil tugashi va hosilning yig‘ib olingandan keyingi tafovut haqida so‘z yuritgan.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda davlat aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlash, bozorlarda narx barqarorligini saqlash bo‘yicha bir qator ishlarni olib bormoqda.Jumladan, aholini un mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida har yili mamlakatda 8 mln tonna atrofida bug‘doy yetishtirilmoqda. Talab esa 104,4 foizni tashkil etadi.Joriy yilning sentabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan dehqon bozorlaridagi narxlar o‘rganildi.Bozorlardagi chakana savdoda Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chikarilgan “365 kun”, “Turon”, “Mutabar”, “Oltin don”, “Makfa” va boshqa markadagi oliy va 1 navli un qadog‘iga qarab 5000 so‘mdan 7500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, ulgurji savdoda 5000–7000 so‘mni tashkil etmoqda.Bu narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200-300 so‘mga oshganini (joylarda savdo rastalarida erkin narx belgilanishi oqibatida bundan ortiq darajada oshganini) ko‘rsatadi.Bundan tashqari Qozog‘iston tomoni un tegirmonlarida mavsumiy texnik ko‘rik va sanitar tozalash ishlariga korxonalarini 15 kunga profilaktikaga yopishi haqidagi e’lon ham mazkur sigmentda narx beqarorligini keltirib chiqaruvchi omillardan biri bo‘ldi.Bu har yili bo‘ladigan mavsumiy tebranish hisoblanib, o‘tgan yilning mos davrida ham ayni holat kuzatilgan. 20 kunlik hisobotda narxlar nafaqat o‘z joyiga qaytgan, balki, tushish tendensiyasini ham ko‘rsatgan. Buni bozordagi vaziyat tahlili ham tasdiqlaydi.Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan Qozog‘iston ichki bozorida narx oshgan va bu g‘alla o‘rimi boshlanayotgani bilan izohlanadi. Ya’ni o‘rimga qadar omborlarda qolgan bug‘doy sotuvda kamaygan. Bundan rossiyalik treyderlar ham foydalanib, vaqtinchalik imkoniyatlar darchasida narxlarni oshirdi.Ammo Chikago birja bozorida kelgusi yil uchun g‘alla shartnomasining narxi ancha pasayib ketgan.O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining ulgurji narxi esa, 4000-4500 so‘mni, chakana savdoda 5000-6000 so‘mni tashkil etmoqda.Bu narxlar avgust oyiga nisbatan narx o‘sishi hamda aholi tomonidan ajiotaj mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.Bugungi kunda asosiy turdagi oziq-ovqat narxlarini monitoringi bo‘yicha hududiy shtablar tashkil etilgan. Bozorlardagi va savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarini narxlarini monitoring qilish hamda narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24948989_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_7b167b45ca197f77cb7b2cdf6602bc19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
un narxi o‘zbekiston ma’lumot qishloq xo‘jaligi vazirligi
un narxi o‘zbekiston ma’lumot qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi un narxi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi
14:19 18.09.2023 (yangilandi: 14:20 18.09.2023) Ta’kidlanishicha, un narxining oshishi sabablaridan biri Rossiya va Qozog‘istondan kirib kelayotgan mahsulot aylanmasi xorijiy valyutada amalga oshirilishi natijasidir.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Un narxi 20 kunda o‘z joyiga qaytadi” sarlavhali xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, un narxi bilan bog‘liq xabarlarda vazir o‘rinbosari un narxi emas, aksincha, bug‘doy narxi haqida fikr bildirgan. 20 kunda narxning o‘z joyiga tushishi deb, mavsumiy tebranishlarni e’tiborga olgan holda hosil tugashi va hosilning yig‘ib olingandan keyingi tafovut haqida so‘z yuritgan.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda davlat aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlash, bozorlarda narx barqarorligini saqlash bo‘yicha bir qator ishlarni olib bormoqda.
Jumladan, aholini un mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida har yili mamlakatda 8 mln tonna atrofida bug‘doy yetishtirilmoqda. Talab esa 104,4 foizni tashkil etadi.
Joriy yilning sentabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan dehqon bozorlaridagi narxlar o‘rganildi.
Bozorlardagi chakana savdoda Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chikarilgan “365 kun”, “Turon”, “Mutabar”, “Oltin don”, “Makfa” va boshqa markadagi oliy va 1 navli un qadog‘iga qarab 5000 so‘mdan 7500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, ulgurji savdoda 5000–7000 so‘mni tashkil etmoqda.
Bu narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200-300 so‘mga oshganini (joylarda savdo rastalarida erkin narx belgilanishi oqibatida bundan ortiq darajada oshganini) ko‘rsatadi.
“Buning sabablaridan biri Rossiya va Qozog‘istondan kirib kelayotgan mahsulot aylanmasi xorijiy valyutada amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari Qozog‘iston tomoni un tegirmonlarida mavsumiy texnik ko‘rik va sanitar tozalash ishlariga korxonalarini 15 kunga profilaktikaga yopishi haqidagi e’lon ham mazkur sigmentda narx beqarorligini keltirib chiqaruvchi omillardan biri bo‘ldi.
Bu har yili bo‘ladigan mavsumiy tebranish hisoblanib, o‘tgan yilning mos davrida ham ayni holat kuzatilgan. 20 kunlik hisobotda narxlar nafaqat o‘z joyiga qaytgan, balki, tushish tendensiyasini ham ko‘rsatgan. Buni bozordagi vaziyat tahlili ham tasdiqlaydi.
Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan Qozog‘iston ichki bozorida narx oshgan va bu g‘alla o‘rimi boshlanayotgani bilan izohlanadi. Ya’ni o‘rimga qadar omborlarda qolgan bug‘doy sotuvda kamaygan. Bundan rossiyalik treyderlar ham foydalanib, vaqtinchalik imkoniyatlar darchasida narxlarni oshirdi.
Ammo Chikago birja bozorida kelgusi yil uchun g‘alla shartnomasining narxi ancha pasayib ketgan.
"Shunga qaramay, Qozog‘istonda o‘rim boshlanib, hosil yig‘ib olingach, narxlar barqarorlashi prognoz qilinmoqda. Ayni kunlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli o‘rim kechikmoqda", - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan un mahsulotlarining ulgurji narxi esa, 4000-4500 so‘mni, chakana savdoda 5000-6000 so‘mni tashkil etmoqda.
Bu narxlar avgust oyiga nisbatan narx o‘sishi hamda aholi tomonidan ajiotaj mavjud emasligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda asosiy turdagi oziq-ovqat narxlarini monitoringi bo‘yicha hududiy shtablar tashkil etilgan. Bozorlardagi va savdo rastalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarini narxlarini monitoring qilish hamda narxlarning keskin oshib ketishini oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.