O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 11-sentabrdan 18-sentabrgacha

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
Sputnik o‘tgan haftada respublikaning turli idoralari va vazirliklarida amalga oshirilgan tayinlov va ishdan olishlarni to‘pladi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘tgan haftada Ichki ishlar, Transport va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga yangi vazir o‘rinbosarlari tayinlandi, shuningdek, 4 ta viloyat sudi raislari lavozimidan ozod etildi, 5 ta viloyat sudiga yangi rais tayinlandi.
Ichki ishlar vazirligi
Zufar Qurbonov Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Qurbonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zbektelekom”da mas’ul lavozimlarda ishlagan.
© Press-slujba MVDZufar Kamilevich Kurbanov.
Zufar Kamilevich Kurbanov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Zufar Kamilevich Kurbanov.
Aliya Yunusova bolalar ombudsmani lavozimini tark etdi. U bu lavozimda 2020-yildan beri ishlab kelayotgan edi. Yunusova o‘tgan yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot institutida o‘qituvchi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazida bo‘lim mudiri lavozimlarida ishlagan.
© Sputnik / Vladimir TrefilovAliya Yunusova
Aliya Yunusova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Aliya Yunusova
Transport vazirligi
Mamanbiy Omarov O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston transport vaziri, ungacha esa O‘zbekiston transport vazirligi Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
© Jokargi Kenes Respubliki KarakalpakstanMinistrom transporta Respubliki Karakalpakstan naznachen Omarov Mamanbiy.
Ministrom transporta Respubliki Karakalpakstan naznachen Omarov Mamanbiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Ministrom transporta Respubliki Karakalpakstan naznachen Omarov Mamanbiy.
Qoraqalpog‘iston Madaniyat vazirligi
Begis Temirbayev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bunga qadar u "Ayqulash" qoraqalpoq milliy folklor ansamblining direktori vazifasida ishlagan.
© Press-slujba Jokargi Kenesa KarakalpakstanaBegisbay Temirbayev naznachen ministrom kulturi Karakalpakstana
Begisbay Temirbayev naznachen ministrom kulturi Karakalpakstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Begisbay Temirbayev naznachen ministrom kulturi Karakalpakstana
Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Ular Farrux Sharipov, Farxodjon Tashpulatov va Olim Omonov.
Farrux Sharipov 1969-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993-yil Samarqand davlat tibbiyot instituti, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2002-2009 yillarda Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, 2009-2012 yillarda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. 2012-2014 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lgan. 2015-2016 yillarda Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Sharipov 2021-yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
© press-slujba MinzdravaNaznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana
Naznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Naznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana
Farxodjon Tashpulatov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2006-2007 yillarda “Parvina sug‘urta” sug‘urta kompaniyasi Toshkent shahri direksiyasi direktori, 2007-2010 yillarda “O‘zbekinvest Hayot” sug‘urta kompaniyasi menejeri, bosh menejeri lavozimlarida mehnat qilgan. 2011-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bir qancha mas’ul vazifalarda ishlagan. Tashpulatov 2021-yildan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
© press-slujba MinzdravaNaznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana
Naznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Naznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana
Olim Omonov 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichi, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 2005-2011 yillarda “O‘zbektelekom” AK “UzNet” filiali bo‘lim boshlig‘i, 2011-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasida bir qancha mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. 2018-2021 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi direktori vazifasida ishlagan. Omonov 2023-yildan “Chorvoq” turistik rekreatsion zona direksiyasi DUK direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
© press-slujba MinzdravaNaznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana
Naznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Naznacheni tri zamestitelya ministra zdravooxraneniya Uzbekistana
Sud tizimi
Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq, 5 ta viloyat sudiga yangi rais tayinlandi.
Tayinlov:
Uchqun Ro‘ziyev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);
Akrom Utayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);
Shuhrat Kamolov – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan);
Farrux Abduraimov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan).
Shuningdek, Buxoro, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudi rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq, yozma arizalariga asosan lavozimdan ozod etilganlar:
Tal’atjon Meliboyev - Andijon viloyat sudining raisi;
Lukmon Kadirov - Buxoro viloyat sudining raisi;
O‘tkirjon Djumayev - Jizzax viloyat sudining raisi;
Bahodir Polvanov - Xorazm viloyat sudining raisi.
Yangiliklar lentasi
0