https://oz.sputniknews.uz/20230918/juda-kop-olim--mask-ukraina-qarshi-hujumi-natijasi-haqida-39064351.html
Juda ko‘p o‘lim — Mask Ukraina qarshi hujumi natijasi haqida
Juda ko‘p o‘lim — Mask Ukraina qarshi hujumi natijasi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Ilon Mask Qrim yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini cheklab qo‘ygani tufayli AQSha unga qarshi kuchli kampaniya boshlangan edi. 18.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-18T22:35+0500
2023-09-18T22:35+0500
2023-09-18T22:35+0500
ilon mask
ukraina
rossiya
aqsh
harbiy
harbiylar
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38829791_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_8d63a48a2cf1adef611d3a79ef11a517.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Qarshi hujum davomida Ukraina juda ko‘p odamini yo‘qotdi, ammo frontda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi, deb yozdi amerikalik tadbirkor Ilon Mask X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.Milliarder tadbirkor Devid Saksning UQK muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi haqidagi postiga shunday izoh qoldirgan.So‘nggi paytlarda Mask Qrim yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini cheklab qo‘ygani va shu tariqa Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining dronlar bilan Qora dengiz floti kemalariga hujumini bartaraf etgani uchun tanqid ostida qoldi.Maskning o‘tgan hafta e’lon qilingan tarjimai holida bu qarorni SpaceX “katta urushda” ishtirok etishini istamasligi bilan izohlagan. Keyinchalik milliarderning o‘zi Starlink ni yoqishdan bosh tortishini Qrimga ham tegishli Amerika sanksiyalari bunga yo‘l qo‘ymasligi bilan bog‘ladi.UQK to‘rt oydan beri Janubiy Donesk, Artemovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tayyorlagan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalar yordamida qarshi hujum uyushtirmoqda. Ammo ular frontning biron bir sohasida muvaffaqiyatga erisha olmadilar. Ukraina armiyasining yo‘qotishlari allaqachon 70 ming kishi va 18 ming texnikadan oshgan.Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki xujumning to‘xtab qolishi emas, balki butkul muvaffaqiyatsizlikdir. AQSh va Yevropa OAV lari va harbiy ekspertlar ham Kiyevning yozgi kampaniyasi muvaffaqiyatsiz bo‘lganini yozmoqda. Shu bilan birga, ular Rossiyaning minalangan maydonlari va qatlamli mudofaa tizimining samaradorligini qayd etishmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38829791_484:142:2623:1746_1920x0_80_0_0_c4b42c1e9e0aa9b7aeba14ac571ac655.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilon mask, ukraina, rossiya, aqsh, harbiy, harbiylar
ilon mask, ukraina, rossiya, aqsh, harbiy, harbiylar
Juda ko‘p o‘lim — Mask Ukraina qarshi hujumi natijasi haqida
Ilon Mask Qrim yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini cheklab qo‘ygani tufayli AQSha unga qarshi kuchli kampaniya boshlangan edi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Qarshi hujum davomida Ukraina juda ko‘p odamini yo‘qotdi, ammo frontda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi, deb yozdi amerikalik tadbirkor Ilon Mask X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
“Bunchalik kichkina natija uchun juda ko‘p o‘lim”, – dedi u.
Milliarder tadbirkor Devid Saksning UQK muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi haqidagi postiga shunday izoh qoldirgan.
So‘nggi paytlarda Mask Qrim yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmatini cheklab qo‘ygani va shu tariqa Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining dronlar bilan Qora dengiz floti kemalariga hujumini bartaraf etgani uchun tanqid ostida qoldi.
Maskning o‘tgan hafta e’lon qilingan tarjimai holida bu qarorni SpaceX “katta urushda” ishtirok etishini istamasligi bilan izohlagan. Keyinchalik milliarderning o‘zi Starlink ni yoqishdan bosh tortishini Qrimga ham tegishli Amerika sanksiyalari bunga yo‘l qo‘ymasligi bilan bog‘ladi.
UQK to‘rt oydan beri Janubiy Donesk, Artemovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tayyorlagan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalar yordamida qarshi hujum uyushtirmoqda. Ammo ular frontning biron bir sohasida muvaffaqiyatga erisha olmadilar. Ukraina armiyasining yo‘qotishlari allaqachon 70 ming kishi va 18 ming texnikadan oshgan.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki xujumning to‘xtab qolishi emas, balki butkul muvaffaqiyatsizlikdir. AQSh va Yevropa OAV lari va harbiy ekspertlar ham Kiyevning yozgi kampaniyasi muvaffaqiyatsiz bo‘lganini yozmoqda. Shu bilan birga, ular Rossiyaning minalangan maydonlari va qatlamli mudofaa tizimining samaradorligini qayd etishmoqda.