https://oz.sputniknews.uz/20230918/gruziyada-davlat-tontarishi-tayyorlanmoqda--xavfsizlik-xizmati-39065291.html
Gruziyada davlat to‘ntarishi tayyorlanmoqda — xavfsizlik xizmati
Gruziyada davlat to‘ntarishi tayyorlanmoqda — xavfsizlik xizmati
Sputnik O‘zbekiston
Muxolifat va xorijda faoliyat yuritayotgan ayrim kuchlar Gruziyada "Kiyevdagi Yevromaydon" ssenariysi bo‘yicha davlat to‘ntarili uyushtirmoqda — DXX.
2023-09-18T16:39+0500
2023-09-18T16:39+0500
2023-09-18T16:55+0500
gruziya
xavfsizlik
davlat to‘ntarish
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/14/15444316_0:0:3074:1730_1920x0_80_0_0_adfc4ad9291b214ec136f97e57458bdc.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati bir guruh fitnachilar mamlakatda hokimiyatni kuch bilan egallab olish maqsadida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan. DXX Departament reja mualliflari sifatida Georgiy Lortkipanidze (Mixail Saakashvili prezidentligi davrida Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari), Saakashvilining sobiq qo‘riqchisi Mixail Baturin va Ukrainadagi Gruziya legioni qo‘mondoni Mamuka Mamulashvilini ko‘rsatdi.Qayd etilishicha, tartibsizliklar boshlanishi oktabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan, chunki bu davrda Yevrokomissiyaning oraliq hisoboti va Yevroittifoqning yakuniy hisoboti Gruziyaning YeI a’zoligiga nomzod maqomini oladimi yoki yo‘qligi haqida e’lon qilinadi.Muassasa xabariga ko‘ra, guruh a’zolari bir nechta ssenariylarni ishlab chiqqan. Ulardan biri markaziy xiyobonlar va hukumat binolariga barrikadalar o‘rnatish, so‘ngra tinch aholi qurbonlari shaharda tartibsizliklar keltirib chiqarishi uchun chodir shaharchasida bomba portlatishdir. Davlat xavfsizlik xizmati jinoiy guruh Ukrainadagi Yevromaydonga o‘xshash ssenariyni ham ko‘rib chiqayotganini da’vo qilmoqda.
gruziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/14/15444316_216:0:2947:2048_1920x0_80_0_0_d5b7f74e846146a6e82bb859be5d2e8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
muxolifat kuchlar gruziya kiyev yevromaydon ssenariy
muxolifat kuchlar gruziya kiyev yevromaydon ssenariy
Gruziyada davlat to‘ntarishi tayyorlanmoqda — xavfsizlik xizmati
16:39 18.09.2023 (yangilandi: 16:55 18.09.2023) Muxolifat va xorijda faoliyat yuritayotgan ayrim kuchlar Gruziyada "Kiyevdagi Yevromaydon" ssenariysi bo‘yicha davlat to‘ntarili uyushtirmoqda — DXX.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati bir guruh fitnachilar mamlakatda hokimiyatni kuch bilan egallab olish maqsadida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirganini ma’lum qildi. RIA Novosti
xabariga asosan.
"Gruziya hududida va uning chegaralaridan tashqarida faoliyat yuritayotgan bir guruh odamlar mamlkatda beqarorlik va tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirmoqda. Ularning asosiy maqsadi zo‘ravonlik bilan hukumatni almashtirishdir. Buzg‘unchi harakatlar boshlanish sanasi oktabr-dekabr oylarida", - deydi Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati.
DXX Departament reja mualliflari sifatida Georgiy Lortkipanidze (Mixail Saakashvili prezidentligi davrida Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari), Saakashvilining sobiq qo‘riqchisi Mixail Baturin va Ukrainadagi Gruziya legioni qo‘mondoni Mamuka Mamulashvilini ko‘rsatdi.
Qayd etilishicha, tartibsizliklar boshlanishi oktabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan, chunki bu davrda Yevrokomissiyaning oraliq hisoboti va Yevroittifoqning yakuniy hisoboti Gruziyaning YeI a’zoligiga nomzod maqomini oladimi yoki yo‘qligi haqida e’lon qilinadi.
Muassasa xabariga ko‘ra, guruh a’zolari bir nechta ssenariylarni ishlab chiqqan. Ulardan biri markaziy xiyobonlar va hukumat binolariga barrikadalar o‘rnatish, so‘ngra tinch aholi qurbonlari shaharda tartibsizliklar keltirib chiqarishi uchun chodir shaharchasida bomba portlatishdir. Davlat xavfsizlik xizmati jinoiy guruh Ukrainadagi Yevromaydonga o‘xshash ssenariyni ham ko‘rib chiqayotganini da’vo qilmoqda.