Bayden BMT Xavfsizlik Kengashiga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘tarmoqchi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVistuplenie glavi MID RF S. Lavrova v SB OON
Vistuplenie glavi MID RF S. Lavrova v SB OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda BMT Xavfsizlik Kengashiga 15 ta davlat a’zo: 5 ta doimiy va 10 ta vaqtinchalik.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta BMT Xavfsizlik kengashi tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘tarmoqchi. Bu haqda Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
“Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini baholash vaqti kelganini aniq bilamiz, kelasi haftada prezident Baydenning o‘zidan bu haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lasiz”, – dedi u Britaniyaning “Telegraph” gazetasiga bergan intervyusida.
Amerika hukumati nuqtayi nazaridan, BMT Xavfsizlik Kengashi “yanada inklyuziv va keng qamrovli” bo‘lishi kerak, dedi Kirbi.
“Prezident Bayden va AQSh ko‘proq a’zolar qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lar edi”, – deya Vashingtonning pozitsiyasini tushuntirgan Kirbi.
“The Washington Post” nishri iyun oyida Bayden ma’muriyati veto huquqisiz yana olti davlatni BMT Xavfsizlik Kengashiga qo‘shish rejasini ishlab chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Dina Gilmutdinova avvalroq Xavfsizlik Kengashining optimal hajmi 20 davlatdan sal ko‘p bo‘lmasligi kerakligini, G‘arbiy Yevropa davlatlarini esa unga kiritishdan hech qanday foyda yo‘qligini ta’kidlagan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlar: Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi masalasini Xavfsizlik Kengashining ishiga ko‘proq jalb qilish va “Afrika qit’asiga nisbatan tarixiy adolatsizlikni tuzatish” talab etiladi.
Xavfsizlik Kengashi BMTning doimiy tuzilmasi bo‘lib, unga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun asosiy mas’uliyat yuklangan. Hozirda Xavfsizlik Kengashiga 15 ta davlat a’zo: 5 ta doimiy va 10 ta vaqtinchalik a’zolar. Doimiy a’zolar – Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Fransiya. Ular veto huquqiga ega. Qolgan o‘n nafari ikki yilga saylanadi. Braziliya, BAA, Albaniya, Gana va Gabon 2022 va 2023-yillarga saylangan. Yaponiya, Ekvador, Shveysariya, Mozambik va Malta - 2023 va 2024-yillarga saylanadi.
Yangiliklar lentasi
0