Sirdaryodagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Stop belgisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda ko‘prikni tiklash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘nalishi vaqtincha yopilganima’lum qilingandi. Ushbu holatga viloyat hokimligi munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 10 kilometridagi 1990-yilda qurilgan, 2020-yilda qisman rekonstruksiya qilingan zovur ustidan o‘tgan ko‘prikning "Toshkent-Jizzax" yo‘nalishidagi qismida og‘ir yuk mashinalari harakatlanishi natijasida 5 ta oraliq qurilma balkalarida yoriq vujudga kelgan va bir qismi cho‘kkan.
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘prikning yarmida transport vositalarining harakati cheklanib, avtotransport vositalari harakati xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent - Dushanbe" avtomobil yo‘lining 104-152 kilometrlari hamda A-376 "Qo‘qon - Jizzax" avtomobil yo‘lining 219-242 kilometrlari orqali tashkil qilinmoqda. Hozirda ko‘prikni tiklash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilgan.
Shuningdek, avtotransport vositalarining mazkur yo‘nalishda harakatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha ravishda zovur ustidan vaqtinchalik o‘tish yo‘li qurishga qaror qilingan. Buning uchun 50 ga yaqin kuch va vositalar jalb qilinib, 3 smenada ish tashkil qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0