Sentabr oyining ikkinchi yarmida poytaxtning 2 tumanida issiq suv qisman o‘chiriladi

© pexels.com/Nithin PAKrupnim planom foto kapli vodi
Krupnim planom foto kapli vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2023
Obuna bo‘lish
“Veolia Energy Tashkent” mahalliy qozonxonalarida issiq suv ta’minotini o‘chirgan holda ta’mirlash ishlarini olib boradi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Sentabr oyida “Veolia Energy Tashkent” mahalliy qozonxonalarida issiq suv ta’minotini o‘chirgan holda ta’mirlash ishlarini olib boradi. Bu haqda kompaniya Telegram kanalida xabar berildi.
Isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida kompaniya zulfinlarni, tarmoq nasoslari, elektr ta’minoti tizimlarini to‘liq tekshirib almashtirish, quvurlar va tegishli jihozlarni demontaj qilish va o‘rnatish, shuningdek, issiqlik almashtirgichlarda profilaktika ishlarini olib boradi.
Ta’kidlanishicha, mahalliy qozonxonalarni to‘xtatmasdan ushbu ishlarni amalga oshirish mumkin emas.
O‘chirish jadvali:
Yashnobod tumani:
Yangiobod qozonxonasi: 25-29 sentabr - Harbiylar shaharchasi, 58-uy, Ohangaron shossesi, Donishmand, Muruvvat, Lisunova.
Ashrafiy 2-qozonxonasi: 19 va 20-sentabr - M. Ashrafiy (№ 22, 22/1, 22/2, 22/3) ko‘chalari.
Bektemir tumani:
Viza qozonxonasi: 18-22 sentabr - Oltintopgan, Toshkandi ko‘chalari.
Binokor qozonxonasi: 25-29 sentabr - Binokor dahasi.
Qolgan mahalliy qozonxonalarning oktabr oyining birinchi yarmida vaqtincha to‘xtatilishi haqida ma’lumot qo‘shimcha ravishda yetkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0