Zelenskiy Ukraina g‘allasini taqiqlaganlarga “madaniyatli javob” bilan tahdid qildi

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2023
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Ukrainadan don import qilishdan bosh torttgan mamlakatlarga javob qaytarishga va’da berdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Yevropa komissiyasi qarorini chetlab o‘tib, Ukraina g‘allasini olib kirishni taqiqlagan mamlakatlarga “madaniyatli javob” bilan tahdid qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga olib kirishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish qarori uchun minnatdorchilik bildirdi va buni “haqiqiy birlik va ishonch” namunasi deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "endi Yevropa birligi ikki tomonlama darajada ishlashi muhim".
“Agar ularning (qo‘shnilari – tahr.) qarorlari Yevropa Ittifoqi qonunlariga zid bo‘lsa, Ukraina madaniyatli tarzda javob qaytaradi”, — deya tahdid qildi Zelenskiy.
Yevropa Komissiyasi avvalroq ittifoqning bir qancha chegaradosh mamlakatlariga to‘rt turdagi Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishga cheklovlarni uzaytirmaslikka qaror qildi, biroq Kiyevni eksport nazorati choralarini joriy etishga majbur qildi. Biroq Polsha, Slovakiya va Vengriya 16-sentabrdan boshlab Ukraina g‘allasini import qilish taqiqini bir tomonlama uzaytirdi. Shu bilan birga, Budapesht Ukrainadan 24 ta tovar importini taqiqladi.
Yangiliklar lentasi
0