Turkiya va Yevropa Ittifoqi yo‘llari ajralishi mumkin — Erdog‘an

© AP Photo / Markus SchreiberTurkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2023
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘an: G‘arb 50-yildan beri so‘zida turmadi va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini sekinlashtirmoqda.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Turkiya va Yevropa Ittifoqi yo‘llari “ajralishi mumkin”. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasi uchun AQShga uchishdan oldin Istanbul aeroportida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Mening baholashimni aniq bilmoqchi bo‘lsangiz, Yevropa Ittifoqi Turkiyadan ajralib chiqishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi Turkiyadan ajralish uchun qadam tashlayotgan bu davrda, bu voqealardan kelib chiqib, baholaymiz va bu baholashlardan keyin kerak bo‘lsa Yevropa Ittifoqi bilan yo‘llarimiz farq qilishi mumkin” dedi u.

Turkiya 1963-yilda Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya shartnomasini imzolagan va 1987-yilda ittifoqqa a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Biroq, a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar faqat 2005-yilda boshlangan va kelishmovchiliklar tufayli bir necha bor to‘xtatilgan.
Hozirda muzokaralar faylining 35 bobidan 16 tasi ochiq. Erdo‘g‘an avvalroq G‘arb 50-yildan beri Turkiyaga bergan va’dasida turmayapti va mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishini sekinlashtirayotganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0