Ayrim viloyat sudlariga yangi rahbarlar tayinlandi

© iStock.com / Utah778Sudeyskiy molotok na noutbuke
Sudeyskiy molotok na noutbuke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2023
Obuna bo‘lish
Buxoro, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudi rahbarlari lavozimdan ozod etildi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Buxoro, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlari sudiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, 5 ta viloyat sudiga yangi rais tayinlandi.
Tayinlov:
Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);
Akrom Jo‘raqulovich Utayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);
Shuhrat Maratovich Kamolov – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan);
Farrux Soyibjonovich Abduraimov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan).
Shuningdek, Buxoro, Andijon, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudi rahbarlari lavozimdan ozod etildi.
Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, yozma arizalariga asosan lavozimdan ozod etilganlar:
Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev - Andijon viloyat sudining raisi;
Lukmon Muxtarovich Kadirov - Buxoro viloyat sudining raisi;
O‘tkirjon Buranovich Djumayev - Jizzax viloyat sudining raisi;
Bahodir Xusainovich Polvanov - Xorazm viloyat sudining raisi.
Yangiliklar lentasi
0