O‘zbekistonga Rossiyaning Vologda viloyati tadbirkorlari keladi — ular kimlar?

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishVologda. Arxiv surat
Vologda. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
2022 yilda Rossiya viloyatining O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 252,5 million dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyaning Vologda viloyati tadbirkorlari O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24—27 sentabr kunlari Vologda viloyatidagi to‘qqizta korxona vakillari biznes missiyasi bilan O‘zbekistonga keladi.
Ular orasida quyidagi ishlab chiqaruvchilar bor:
hayvonlardan olingan go‘sht va suyak uni, ozuqa va texnik hayvon yog‘i;
sutli mahsulotlar;
qandolat mahsulotlari;
kashtachilik mahsulotlari.
Bundan tashqari, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida ishlaydigan Vologda "Soyuz" iste’mol jamiyati, shuningdek, yo‘lovchilar va yuklarni havoda tashish bilan shug‘ullanuvchi “Severstal” aviakompaniyasi biznes missiyasida ishtirok etadi.
Missiya ishtirokchilari orasida "Vologjanin" banki va Severgazbank ham bor.
“Bugun O‘zbekiston Vologda viloyati uchun asosiy savdo-iqtisodiy sheriklardan biri hisoblanadi. Respublika mintaqadagi kontragent davlatlar orasida o‘ninchi o‘rinni egalladi: 2022-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2021-yilga nisbatan 2,4 baravar o‘sdi va 252,5 million donani tashkil etdi”, — deya ma’lum qildi Vologda viloyati Savdo-sanoat palatasi.
Vologda korxonalari O‘zbekistonni o‘z biznesini kengaytirish va yangi loyihalarni joriy etishning istiqbolli yo‘nalishi sifatida ko‘rmoqda.
Rossiya hududi Savdo-sanoat palatasining aniqlik kiritishicha, Toshkentga sayohat korxonalarga o‘zbek ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish imkonini beradi.

“Biz Vologda viloyati tashkilotlari bilan birgalikda ishbilarmonlik muzokaralarini o‘tkazishni, turli sohalarda, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va qurilishda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Vologda viloyati Savdo-sanoat palatasi vakili.

Rossiyalik tadbirkorlar ham O‘zbekiston bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlashga va hamkorlik uchun yaratilgan eng qulay shart-sharoitlardan foydalanishga umid qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0