Ukrainaga Yevropadan yomon xabar keldi

© AP Photo / Petr David JosekParlamentskie vibori v Slovakii.
Parlamentskie vibori v Slovakii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Slovakiyada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari natijalari Ukrainaga qattiq ta’sir qilishi mumkin.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Slovakiyada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari G‘arbning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini zaiflashtirishi mumkin, chunki mamlakatdagi Rossiyaga “do‘st” partiyalar hokimiyat tepasiga kelishi kutilmoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri yozmoqda.
Maqolada aytilishicha, Slovakiyada bir qator populist va o‘nglar partiyalari muddatidan oldin saylovlar natijasida tuziladigan hukumat tarkibiga qo‘shilish uchun “yaxshi imkoniyat”ga ega.
“Bu Yevropa Ittifoqi va NATOning yana bir a’zosi Kiyevni sezilarli darajada kamroq qo‘llab-quvvatlay boshlashi mumkinligi haqidagi navbatdagi qo‘rquvni keltirib chiqarmoqda”, — deya ta’kidlaydi nashr.
So‘rov natijalariga ko‘ra, yetakchi “Smer” partiyasi – sobiq bosh vazir Robert Fitsoning partiyasi. Fitso Ukrainaga yordam berish uchun slovakiyaliklar katta badal to‘lashlariga to‘g‘ri kelayotganiga e’tibor qaratmoqchi.
Slovakiyaning "Globsec" tahlil markazining katta tahlilchisi Dominika Xayduning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yordam saylov kampaniyasining bir qismi bo‘lib, unda “yetakchi partiya bu yordamga qarshi” chiqmoqda.
“Bu Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasida Yevropa Ittifoqi va NATOning birligiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan saylovlar”, – deya ogohlantiradi ekspert.
Fitso ochiqchasiga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqqan va G‘arbni ukrainalik millatchilarga keragidan ortiq iltifot ko‘rsatayotganlikda qoraladi. Slovakiyada parlament saylovlari 30-sentabr kuniga belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0