Transport vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanMamanbiy Omarov Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mamanbiy Omarov Transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston respublikasi transport vaziri O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Transport vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Prezidentning 12-sentabrdagi qarori bilan Omarov Mamanbiy Allabergenovich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Qoraqalpog‘iston respublikasi transport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Transport vazirligi Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0