Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlandi — Sanepidqo‘mita

© SputnikQuyichirchiq tumanidagi 24-son davlat bolalar bog‘chasi, arxiv surat.
Quyichirchiq tumanidagi 24-son davlat bolalar bog‘chasi, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Angren shahridagi 10-sonli bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarda ovqatdan zaharlanish holati kuzatildi. Hozirda bog‘chaning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlandi, deya xabar berdi Sanepidqo‘mita.
Toshkent viloyati Angren shahridagi 10-sonli bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalarda ovqatdan zaharlanish holati kuzatildi.
Qayd etilishicha, Angren shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga 13-sentabr kuni soat 14:00 dan boshlab 14-sentabr kuni soat 21:00 ga qadar bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratni ko‘tarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.
“Ulardan 24 nafari “Ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi” birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan, 7 nafariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan”, - deyiladi xabarda.
Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan bemorlardan hamda, bog‘cha omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat maxsulotlaridan namunalar olindi.
Bog‘chaning 240 nafar tarbiyalanuvchisi shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va tibbiy nazoratga olindi va bog‘chaning ish faoliyati ham vaqtinchalik to‘xtatildi.
Maktabgacha ta’lim agentligiga ko‘ra, 13-14 sentabr kuni 10-sonli bog‘chadan tashqari, Toshkent viloyati Angren shahridagi 1-sonli bog‘chada 3 nafar, 37-sonli bog‘chada esa bir nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgan.
Yangiliklar lentasi
0