https://oz.sputniknews.uz/20230915/rossiya-va-shimoliy-koreya-ortasida-harbiy-texnik-hamkorlik-istiqbollari-38987395.html
Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari
Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb sodir bo‘layotgan voqealarga qanday baho bermasin, Rossiya KXDR bilan barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Rossiya KXDR hamkorligining yangi davri Yevropa va Osiyoda kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi.
2023-09-15T22:15+0500
2023-09-15T22:15+0500
2023-09-15T22:15+0500
rossiya
ukraina
vladimir putin
shimoliy koreya
kim chen in
muzokaralar
harbiy hamkorlik
aqsh
nato
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38932489_0:405:2921:2048_1920x0_80_0_0_850b37843856caa912ad5423b507ab98.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “Vostochniy” kosmodromida harbiy-texnik hamkorlikka alohida e’tibor qaratib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga yo‘l ochdi. Uzoq Sharq sammiti G‘arbda siyosiy vahimaga sabab bo‘ldi.13 sentabr, chorshanba kuni “Vostochniy” kosmodromida Kim Chen In bilan ko‘p soatlik muzokaralardan so‘ng Vladimir Putin jurnalistlarga ilmiy va iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, BMT cheklovlariga moslashtirilgan Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi. Xususan, Rossiya Shimoliy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarini qurishda yordam beradi. Shimoliy Koreya raketa texnologiyasiga katta qiziqish bildirmoqda.Shimoliy Koreya rahbari Komsomolsk- Amurdagi mudofaa korxonalariga tashrif buyurdi. Unga yuqori martabali harbiy amaldorlar va mudofaa sanoati korxonalari rahbarlari, xususan, Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi harbiy ma’muriyati bo‘limi boshlig‘i Pak Chon Chxon va markaziy harbiy qo‘mita rahbari o‘rinbosari Li Bon Chxol hamrohlik qilmoqda. Avvalroq Pxenyanda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreya qurollarining so‘nggi namunalari bilan tanishgan edi.G‘arb Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy sohadagi o‘zaro hamkorligidan jiddiy xavotirda. “Bloomberg” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan 2023-yilda ikki marta razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan va bu yerda unga Moskva yordam berishi mumkin. “Bloomberg” agentligi, shuningdek, Kim Chen Inning koinotdan atmosferaga qayta kirganida raketa kallaklarining qizib ketishini bartaraf etish texnologiyalariga qiziqayotganini qayd etadi. Shimoliy Koreya jiddiy xalqaro sanksiyalarga qaramay, yadro quroli va uni yetkazib berish vositalarini ishlab chiqdi. Shimoliy Koreya armiyasida minglab zamonaviy dronlar, o‘ziyurar artilleriya qurollari va zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlar, maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya armiyasi uchun foydali bo‘ladigan katta taktik raketalar va artilleriya o‘q-dorilari (Sovet kalibrli) mavjud.AQSh va NATO vahimadaAmerika va Britaniyaning Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi ogohlantirishlarining shoshqaloqligi G‘arbning geosiyosiy mag‘lubiyat muqarrarligidan qo‘rqish darajasini ochib beradi. NATO ekspertlari Rossiya Shimoliy Koreyaga yadroviy suv osti kemalarini yaratish texnologiyasini o‘tkazishidan, Pxenyan esa Rossiya Qurolli kuchlariga ko‘ngillilar, qurol va o‘q-dorilar jo‘natishidan xavotirda. Asosiy mantiq: “Agar Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy ta’minotni boshlasa, u holda ular NATO mamlakatlari Ukrainaga yetkazib bergan hamma narsani sezilarli darajada yo‘q qila olishi mumkin.” Shimoliy Koreya ko‘ngillilarining maxsus harbiy operatsiya hududida bo‘lishi aqlga sig‘maydi, ammo Pxenyanning harbiy salohiyati juda katta.Shimoliy Koreyaning eng yangi zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarlari fuqarolik avtomobillariga kamuflyajlangan, bu yashirinlik va omon qolish qobiliyatini oshiradi. Bunday qurollar Ukraina harbiy harakatlar teatrida muhim rol o‘ynashi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikaliklar Janubiy Koreyadan Ukraina qo‘shinlariga yuz minglab artilleriya snaradlarini yashirincha o‘tkazgan edi.Amerika nashrlari KXDRning Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududidagi vaziyatga ehtimoliy ta’sirini og‘riqli tahlil qilmoqda, ular g‘azabda va hayratda. Britaniya OAVlari, boshqalardan ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va KXDRni qoralab, Vladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralarni “diktatorlar uchrashuvi” va “qonli ittifoq” deb atamoqda. Bu yerda ko‘plab qiziquvchan o‘quvchilar savol tug‘ilishi mumkin: agar “chetlatilgan mamlakatlar” uzoq vaqtdan beri gipertovushli raketalarga ega bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kungacha gipertovushni “eplay olmagan” texnologik jihatdan qoloq NATO mamlakatlarini nima deb atashimiz kerak?G‘arb sodir bo‘layotgan voqealarga qanday baho bermasin, Rossiya KXDR bilan barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Shimoliy Koreya rahbarining Rossiyaga tashrifi hamkorlikning yangi davrini ochadi va Yevropa bilan Osiyodagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi. Shuni tushunish kerakki, KXDR unchalik boy davlat emas, ammo baribir suveren (1956 yildan beri), yetarlicha qudratli iqtisodiyotga (Mudofaa-sanoat majmuasi) va katta rivojlanish salohiyatiga ega davlat. Pxenyan bilan do‘stona munosabatlar o‘zaro manfaatli.Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kim Chen Inning KXDRga tashrif buyurish taklifini qabul qildi. Bundan tashqari, 13-sentabr kuni Rossiya va Xitoy KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekanligini ma’lum qildi. Shu kuni murosasiz AQSh davlat kotibi Entoni Blinken yakka qutbli dunyo tartibining tugashini tan olgani ham bejiz emas.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38932489_376:348:2643:2048_1920x0_80_0_0_a3e8f46c4141067854442b08454fbab4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
rossiya g‘arb kxdr hamkorlik putin kim chen in
rossiya g‘arb kxdr hamkorlik putin kim chen in
Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari
G‘arb sodir bo‘layotgan voqealarga qanday baho bermasin, Rossiya KXDR bilan barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Rossiya KXDR hamkorligining yangi davri Yevropa va Osiyoda kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “Vostochniy” kosmodromida harbiy-texnik hamkorlikka alohida e’tibor qaratib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollariga yo‘l ochdi. Uzoq Sharq sammiti G‘arbda siyosiy vahimaga sabab bo‘ldi.
13 sentabr, chorshanba kuni “Vostochniy” kosmodromida Kim Chen In bilan ko‘p soatlik muzokaralardan so‘ng Vladimir Putin jurnalistlarga ilmiy va iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, BMT cheklovlariga moslashtirilgan Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi. Xususan, Rossiya Shimoliy Koreya kosmik sun’iy yo‘ldoshlarini qurishda yordam beradi. Shimoliy Koreya raketa texnologiyasiga katta qiziqish bildirmoqda.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, transport va qishloq xo‘jaligi sohasida “ko‘plab qiziqarli loyihalar” mavjud, ammo o‘zaro hamkorlikning harbiy-texnik urg‘usi sezilarli darajada.
Shimoliy Koreya rahbari Komsomolsk- Amurdagi mudofaa korxonalariga tashrif buyurdi. Unga yuqori martabali harbiy amaldorlar va mudofaa sanoati korxonalari rahbarlari, xususan, Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi harbiy ma’muriyati bo‘limi boshlig‘i Pak Chon Chxon va markaziy harbiy qo‘mita rahbari o‘rinbosari Li Bon Chxol hamrohlik qilmoqda. Avvalroq Pxenyanda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreya qurollarining so‘nggi namunalari bilan tanishgan edi.
Kim Chen In Ukrainadagi Rossiya maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va bu “gegemon kuchlarga qarshi oliy kurash”ga hissa qo‘shishga tayyor.
G‘arb Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy sohadagi o‘zaro hamkorligidan jiddiy xavotirda. “Bloomberg” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan 2023-yilda ikki marta razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan va bu yerda unga Moskva yordam berishi mumkin. “Bloomberg” agentligi, shuningdek, Kim Chen Inning koinotdan atmosferaga qayta kirganida raketa kallaklarining qizib ketishini bartaraf etish texnologiyalariga qiziqayotganini qayd etadi. Shimoliy Koreya jiddiy xalqaro sanksiyalarga qaramay, yadro quroli va uni yetkazib berish vositalarini ishlab chiqdi. Shimoliy Koreya armiyasida minglab zamonaviy dronlar, o‘ziyurar artilleriya qurollari va zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlar, maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya armiyasi uchun foydali bo‘ladigan katta taktik raketalar va artilleriya o‘q-dorilari (Sovet kalibrli) mavjud.
Amerika va Britaniyaning Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi ogohlantirishlarining shoshqaloqligi G‘arbning geosiyosiy mag‘lubiyat muqarrarligidan qo‘rqish darajasini ochib beradi. NATO ekspertlari Rossiya Shimoliy Koreyaga yadroviy suv osti kemalarini yaratish texnologiyasini o‘tkazishidan, Pxenyan esa Rossiya Qurolli kuchlariga ko‘ngillilar, qurol va o‘q-dorilar jo‘natishidan xavotirda. Asosiy mantiq: “Agar Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy ta’minotni boshlasa, u holda ular NATO mamlakatlari Ukrainaga yetkazib bergan hamma narsani sezilarli darajada yo‘q qila olishi mumkin.” Shimoliy Koreya ko‘ngillilarining maxsus harbiy operatsiya hududida bo‘lishi aqlga sig‘maydi, ammo Pxenyanning harbiy salohiyati juda katta.
KXDR armiyasi soni bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda – 1,2 million faol harbiy xizmatchiga ega. Mutaxassislarning malakasi shubha tug‘dirmaydi. “The Military Balance 2023” ma’lumotnomasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya arsenalida 100 dan ortiq qit’alararo ballistik raketalar, 30 ta o‘rta masofali ballistik raketalar va 60 ta qisqa masofali ballistik raketalar, 4000 ga yaqin tanklar, o‘n minglab zirhli texnika va artilleriya mavjud.
Shimoliy Koreyaning eng yangi zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarlari fuqarolik avtomobillariga kamuflyajlangan, bu yashirinlik va omon qolish qobiliyatini oshiradi. Bunday qurollar Ukraina harbiy harakatlar teatrida muhim rol o‘ynashi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikaliklar Janubiy Koreyadan Ukraina qo‘shinlariga yuz minglab artilleriya snaradlarini yashirincha o‘tkazgan edi.
Amerika nashrlari KXDRning Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududidagi vaziyatga ehtimoliy ta’sirini og‘riqli tahlil qilmoqda, ular g‘azabda va hayratda. Britaniya OAVlari, boshqalardan ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va KXDRni qoralab, Vladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralarni “diktatorlar uchrashuvi” va “qonli ittifoq” deb atamoqda. Bu yerda ko‘plab qiziquvchan o‘quvchilar savol tug‘ilishi mumkin: agar “chetlatilgan mamlakatlar” uzoq vaqtdan beri gipertovushli raketalarga ega bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kungacha gipertovushni “eplay olmagan” texnologik jihatdan qoloq NATO mamlakatlarini nima deb atashimiz kerak?
G‘arb sodir bo‘layotgan voqealarga qanday baho bermasin, Rossiya KXDR bilan barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Shimoliy Koreya rahbarining Rossiyaga tashrifi hamkorlikning yangi davrini ochadi va Yevropa bilan Osiyodagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi. Shuni tushunish kerakki, KXDR unchalik boy davlat emas, ammo baribir suveren (1956 yildan beri), yetarlicha qudratli iqtisodiyotga (Mudofaa-sanoat majmuasi) va katta rivojlanish salohiyatiga ega davlat. Pxenyan bilan do‘stona munosabatlar o‘zaro manfaatli.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kim Chen Inning KXDRga tashrif buyurish taklifini qabul qildi. Bundan tashqari, 13-sentabr kuni Rossiya va Xitoy KXDRga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishiga yo‘l qo‘ymaslik niyatida ekanligini ma’lum qildi. Shu kuni murosasiz AQSh davlat kotibi Entoni Blinken yakka qutbli dunyo tartibining tugashini tan olgani ham bejiz emas.