Rossiya hech kimga tahdid solayotgani yo‘q — Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, eng katta tahdidlar G‘arbda hukmron elitalar tomonidan yaratilmoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya hech kimga tahdid solayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Biz hech kimga tahdid solayotganimiz yo‘q. Bugungi kunda dunyoda yaratilayotgan eng katta tahdidni hozirgi (G‘arbdagi) hukmron elitalar yaratmoqda va darvoqe, bu haqda ularning o‘zlari gapirishmoqda. Bir necha yil oldin sobiq mudofaa vaziri, yanglishmasam, janob Geytsning aytgandiki, AQSh uchun eng katta tahdid Kapitoliy, menimcha, yoki Oq uy joylashgan hududdan keladi. O‘zlari bu haqda gapirishadi. Tahdidni esa chetdan izlashadi ”, – dedi Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda.
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Putin Ukrainani “o‘zgalar nog‘orasiga o‘ynamaslikka” chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0