https://oz.sputniknews.uz/20230915/ramina-yagafarova-vafot-etdi-38993419.html
Yosh telejurnalist Ramina Yagafarova vafot etdi
Yosh telejurnalist Ramina Yagafarova vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 13-sentabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi. Ramina Yagafarova "Dunyo bo‘ylab" telekanalida rus tilida efirga uzatiladigan "Svoimi glazami" hamda "Aktualno" dasturlarini olib borgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarga dars bergan, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan edi.
2023-09-15T13:16+0500
2023-09-15T13:16+0500
2023-09-15T13:24+0500
jamiyat
jurnalistlar
vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0f/38992708_0:136:1080:744_1920x0_80_0_0_7881beac7270b6befa1beda0e7b60b20.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkentda 13-sentabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi. Bu haqda 14-sentabr kuni jurnalist Elmira Tuxvatullina ma’lum qildi.Bosh prokuratura matbuot xizmati Yagafarova vafotini tasdiqlagan.Ma’lumotlarga ko‘ra, 12-sentabr kechqurun Ramina Yagafarova Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada davolanayotgan onasining yoniga kelgan. Jurnalist tomog‘i og‘rigani uchun o‘zining yonida bo‘lgan levofloksatsin (antibiotik) dorisidan bir dona ichgan. Oradan 10-15 daqiqa o‘tib esa unda tutqanoq kuzatilgan va hushini yo‘qotgan.Klinika shifokorlari unga birinchi yordam ko‘rsatgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Muolajalari natijasida Yagafarova hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan.Biroq 13-sentabr kuni soat 16:00 larda Yagafarovaning takroran tutqanog‘i tutib qolgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, unda soat 17:50 da biologik o‘lim holati qayd etilgan.Chilonzor tumani prokuraturasi hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.Ramina Yagafarova "Dunyo bo‘ylab" telekanalida rus tilida efirga uzatiladigan "Svoimi glazami" hamda "Aktualno" dasturlarini olib borgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarga dars bergan, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan edi.Elmira Tuxvatullinaning aytishicha, Ramina o‘g‘li bilan dengizga dam olishga borishni orzu qilgan.“Uning kanalimizga kelganiga ko‘p bo‘lmagandi, biroq u jamoaga juda tez kirishib ketdi va uning ajralmas qismiga aylangandi", - deya hamkasbini xotirlagan Tuxvatullina.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0f/38992708_0:141:1080:951_1920x0_80_0_0_d934582af8da1d44ca2ab37da21b1ef0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ramina yagafarova vafot etdi ma’lumot
ramina yagafarova vafot etdi ma’lumot
Yosh telejurnalist Ramina Yagafarova vafot etdi
13:16 15.09.2023 (yangilandi: 13:24 15.09.2023) Yagafarova "Dunyo bo‘ylab" telekanalida rus tilida efirga uzatiladigan "Svoimi glazami" hamda "Aktualno" dasturlarini olib borgan.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkentda 13-sentabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etdi. Bu haqda 14-sentabr kuni jurnalist Elmira Tuxvatullina ma’lum qildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati Yagafarova vafotini tasdiqlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12-sentabr kechqurun Ramina Yagafarova Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada davolanayotgan onasining yoniga kelgan. Jurnalist tomog‘i og‘rigani uchun o‘zining yonida bo‘lgan levofloksatsin (antibiotik) dorisidan bir dona ichgan. Oradan 10-15 daqiqa o‘tib esa unda tutqanoq kuzatilgan va hushini yo‘qotgan.
Klinika shifokorlari unga birinchi yordam ko‘rsatgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Muolajalari natijasida Yagafarova hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan.
Biroq 13-sentabr kuni soat 16:00 larda Yagafarovaning takroran tutqanog‘i tutib qolgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, unda soat 17:50 da biologik o‘lim holati qayd etilgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasi ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistning o‘limi “doridan allergik reaksiya, bosh miya va o‘pkaning o‘tkir shishishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok” sabab yuzaga kelgan.
Chilonzor tumani prokuraturasi hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Ramina Yagafarova "Dunyo bo‘ylab" telekanalida rus tilida efirga uzatiladigan "Svoimi glazami" hamda "Aktualno" dasturlarini olib borgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarga dars bergan, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borayotgan edi.
Elmira Tuxvatullinaning aytishicha, Ramina o‘g‘li bilan dengizga dam olishga borishni orzu qilgan.
“Uning kanalimizga kelganiga ko‘p bo‘lmagandi, biroq u jamoaga juda tez kirishib ketdi va uning ajralmas qismiga aylangandi", - deya hamkasbini
xotirlagan Tuxvatullina.