Mintaqamizda suvdan foydalanishning yangi ishtirokchisi paydo bo‘ldi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMarkaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Mintaqamizda suvdan foydalanishning yangi ishtirokchisi paydo bo‘ldi, bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Dushanbeda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston yetakchisi nutq so‘zladi.
Qayd etilishicha, Qo‘shtepa qurilishi Markaziy Osiyoning suv rejimi va muvozanatini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
"Qurilishning barcha jihatlari va Amudaryoning suv rejimiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish zarur. Afg‘oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni ko‘rib chiqishni taklif qilamiz", - dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
Pataya Konsultativnaya vstrecha glav gosudarstv Sentralnoy Azii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Dushanbedagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida qanday hujjatlar qabul qilindi?
Yangiliklar lentasi
0