https://oz.sputniknews.uz/20230915/orolni-qutqarish-xalqaro-jamgarma-sammit-hujjatlar-imzolandi-39001871.html
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida qanday hujjatlar imzolandi?
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida qanday hujjatlar imzolandi?
Sputnik O‘zbekiston
2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.
2023-09-15T14:30+0500
2023-09-15T14:30+0500
2023-09-15T14:33+0500
siyosat
tojikiston
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
orol dengizi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0f/38999188_0:10:1280:730_1920x0_80_0_0_1247934f4657dd509d5d8edbfa9cfbd4.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida 5 ta hujjat imzolandi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.Tojikistonda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Tojikistonning 2020-2023 yillarda jamg‘armaga raisligi yakunlari sarhisob qilindi. Orol dengizi havzasida ekologiya, suv xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda jamg‘arma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.Tadbir yakunida jamg‘arma ta’sischi davlatlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog‘istonga o‘tdi.
https://oz.sputniknews.uz/20230915/orolni-qutqarish-mirziyoev-sammit-takliflar-39002246.html
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0f/38999188_89:66:992:744_1920x0_80_0_0_7d31aeb8f552d943e6f3edd50ab04ec3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston dushanbe orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammit hujjatlar shavkat mirziyoyev
tojikiston dushanbe orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammit hujjatlar shavkat mirziyoyev
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida qanday hujjatlar imzolandi?
14:30 15.09.2023 (yangilandi: 14:33 15.09.2023) 2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida 5 ta hujjat imzolandi, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Tojikistonda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Tojikistonning 2020-2023 yillarda jamg‘armaga raisligi yakunlari sarhisob qilindi. Orol dengizi havzasida ekologiya, suv xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda jamg‘arma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida jamg‘arma ta’sischi davlatlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining Dushanbe bayonoti;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Tojikiston Respublikasining OQXJdagi raisligi yakunlari to‘g‘risida qarori;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2024-2026 yillarga OQXJ prezidenti etib saylangani to‘g‘risidagi qarori;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining OQXJ tashkiliy tuzilmasi va shartnoma-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi qarori.
2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog‘istonga o‘tdi.