Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 16-sentabr uchun ob-havo
© Sputnik/Elina BeknazarovaOsen v Tashkente i Samarkande.
© Sputnik/Elina Beknazarova
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Ertaga, 16-sentabr kuni, O‘zbekistonda eng issiq harorat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-17, kunduzi +27-29 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.