Futzal bo‘yicha dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri O‘zbekistonga keladi

© ArmsportFutzal
Futzal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston futzal terma jamoasi mamlakatda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Futzal bo‘yicha dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri Xose Venansio Lopes O‘zbekistonga keladi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
© Press-slujba Assotsiatsii futbola UzbekistanaXose Venansio Lopes
Xose Venansio Lopes  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Xose Venansio Lopes
O‘zbekiston futzal terma jamoasi mamlakatda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
“Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib, O‘FA rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar o‘rtasida Yevropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok sohibi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha jahon chempionti 2024-yil 14-sentabr - 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning kuchli 24 jamoasi chempionlik uchun kurash olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0