Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va qo‘shni davlatlarda benzin narxi

Obuna bo‘lish
YeOII va qo‘shni davlatlarda benzin narxi bir-biridan qanday farq qiladi. Batafsil infografikamizda tanishing.
Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi davlatlarida eng arzon benzin neft qazib oluvchi mamlakatlar Qozog‘iston va Rossiyada.

Qirg‘iziston va Belarusda biroz qimmatroq, ehtimol transport xarajatlari va turli soliqlar evaziga bo‘lsa kerak.
Eng qimmat benzin Armanistonda. Bunga bir necha saba bor. Ma’lumki Rossiya benzini Armanistonga Gruziya orqali yetkazib beriladi, ikkinchidan Armaniston ichki bozorida neft mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq ayrim xizmatlar narxi juda qimmat. Undan tashqari aksiz va soliqlar ham bor.
YeOIIga qo‘shni bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikistonda benzin narxi nisbatan yuqori. Bunga sabab, albatta benzinning import mahsuloti bo‘lgani va ikkinchidan transport xarajatlari. Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali olib kelinayotgan neft mahssulotlari narxiga transrport xarajatlari qo‘shiladi.
Lekin O‘zbekistonda o‘z benzini ham bor. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan AI-80 markali benzin narxi o‘rtacha 50 rublga to‘g‘ri keladi.
Undan tashqari O‘zbekistonda aksariyat avtomobillar metan va propan kabi gazlardan foydalanadi. O‘zbekistonda gaz zapravkalari soni ham ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0