Sharq gavhari – Samarqanddan 14 ta eng yorqin surat
Sharq gavhari – Samarqanddan 14 ta eng yorqin surat
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va go‘zal shaharlardan biridir. Ajoyib tarixiy obidalar va shaharning zamonaviy hayoti - Sputnik fotomuxbiri nigohi bilan.
samarqand o‘zbekiston markaziy osiyo eng qadimiy go‘zal shahar tarixiy obidalar shaharning hayoti go‘ri amir bibixonim shohizinda tillaqori sherdor masjid madrasa samarqandning
samarqand o‘zbekiston markaziy osiyo eng qadimiy go‘zal shahar tarixiy obidalar shaharning hayoti go‘ri amir bibixonim shohizinda tillaqori sherdor masjid madrasa samarqandning
Sharq gavhari – Samarqanddan 14 ta eng yorqin surat
Samarqand nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va go‘zal shaharlardan biridir. Ajoyib tarixiy obidalar va shaharning zamonaviy hayoti - Sputnik fotomuxbiri nigohida.
Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi - “Go‘ri Amir”ning shahardan ko‘rinishi. Maqbara ikki qavatli bo‘lib uning pastki qavatida sag‘ana ustida esa ziyoratxona qurilgan.
Samarqanddagi Shohizinda majmuasi. “Shohizinda”—"tirik shoh" ma’nosini beradi. Ansamblda Temur va temuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi.
"Mirzo Ulug‘bek" rasadxonasi. 1424-1428 yillarda Samarqand atrofidagi Ko‘hak tepaligida Ulug‘bek tomonidan qurilgan o‘rta asrlardagi eng muhim rasadxonalardan biridir.
Samarqanddagi "Tillaqori" madrasasi. Madrasaning masjidi ichiga boshqa bir katta obida qurishga yetadigan miqdorda oltin sarflangan. Shuning uchun ham madrasa “Tillaqori", ya’ni “tilladan ishlov berilgan”, deb ataladi.