Samarqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi — unda kimlar ishtirok etishi mumkin?

© Press-slujba Silk Road SamarkandSamarqand shahri
Samarqand shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
Forumda turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis hamda ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Samaqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Samarqanddagi “Silk Road” turistik markazida 19-oktabr kuni “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.
Tadbir BMT Butunjahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
"Xalqaro ta’lim forumi UNWTO Bosh Assambleyasining asosiy tadbirlaridan bir bo‘lib, u dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis hamda ekspertlarni bir joyda to‘playdi", - deyiladi xabarda.
Ular ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.
Forum dasturida turizm va ta’lim sohasidagi yutuq va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ulysses Awards UNWTO” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi.
Xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilari soni cheklangan. Ishtirok etish uchun 20-sentabrgacha maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0