Saidov Tojikistonda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi

© Baxtiyor SaidovBaxtiyor Saidov Tojikistonda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
Baxtiyor Saidov Tojikistonda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida vazirlar yig‘ilishi o‘tkazilgan.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 13-sentabr kuni Tojikistonda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblariga Dushanbe shahridagi samimiy qabul uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz”, - deb yozadi Saidov.
© Baxtiyor SaidovBaxtiyor Saidov prinyal uchastie vo vstreche ministrov, proshedshey v Tadjikistane
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie vo vstreche ministrov, proshedshey v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida vazirlar yig‘ilishi o‘tkazilgan. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi hamda unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining V maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0