Poytaxtning ayrim manzillarida issiq suv o‘chiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSezonnoe otklyuchenie gorachey vodi
Sezonnoe otklyuchenie gorachey vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, "Toshkent shahar suv ta’minoti" MChJ tomonidan profilaktika ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bugun, 14-sentabr kuni Toshkent shahrining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, "Toshkent shahar suv ta’minoti" MChJ tomonidan profilaktika ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ayrim qozonxonalarda quyidagi jadvalga muvofiq issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
14 sentabr soat 09:00 dan 15-sentabr 09:00 gacha (IM-6, 7 va 8, Vodnik qozonxonasi);
20 sentabr soat 09:00 dan 22-sentabr 09:00 gacha (IM-8 va Sanoatenergo qozonxonasi).
O‘chirishlar va joylarning batafsil jadvali bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0