Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi — foto
11:40 14.09.2023 (yangilandi: 12:09 14.09.2023)
Obuna bo‘lish
Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.






