Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketdi — u qanday tadbirlarda ishtirok etadi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Samarkand.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Samarkand.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
Dushanbeda prezident ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, prezident ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev Dushanbedagi sammitda qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslarni bildiradi. Prezident mintaqada savdo-iqtisodiy, transport, “yashil iqtisodiyot”, energetika, suv va ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga to‘xtatib o‘tadi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etadi.
Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 5 ta hujjat imzolashi kutilmoqda — ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0