https://oz.sputniknews.uz/20230914/kishinyovdan-deport-qilingan-sputnik-moldova-rahbari-tafsilotlarni-ochiqladi-38912240.html
Kishinyovdan deport qilingan Sputnik Moldova rahbari tafsilotlarni ma’lum qildi
Kishinyovdan deport qilingan Sputnik Moldova rahbari tafsilotlarni ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Moldova hukumati uni “respublika xavfsizligiga tahdid solmoqda” deb hisobladi va uni 10-yilga mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilib, chiqarib yubordi.
2023-09-14T11:35+0500
2023-09-14T11:35+0500
2023-09-14T11:35+0500
dunyoda
moldova
jurnalist
deportatsiya
moskva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38908825_0:0:1350:759_1920x0_80_0_0_164dd7579f02f6af582c22649de8f540.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Kishinyovdan deport qilingan Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov Moskvaga keldi va tafsilotlarni ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik “Blijnee zarubejye”.Moldova hukumati uni “respublika xavfsizligiga tahdid solmoqda” deb hisobladi va uni 10-yilga mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilib, chiqarib yubordi.Shu bilan birga, Moldova migratsiya xizmati jurnalistga o‘z hisobidan deport qilinishni taklif qilgan.O‘z navbatida, Denisov Moldovada ruslarning huquqi buzilishi haqida gapirdi.Shu bilan birga, u moldovalik hamkasblari uni deportatsiya holatida qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.Keyinchalik, deport qilingan jurnalistning mushugi qulflangan kvartiradan ozod qilindi.E’tiborlisi, Moldova 2023-yilda “Matbuot erkinligi” reytingida 12 pog‘ona ko‘tarilib, “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro inson huquqlari tashkiloti versiyasi bo‘yicha 180 ta davlat orasida 28-o‘rinni egallagan.Respublikada 10 dan ortiq bloklangan internet resurslari mavjud. Ular orasida Sputnik axborot agentligining 5 sayti ham bor. Shuningdek, mamlakatda Sputnik Moldova radiosi uzatilishi to‘xtatildi, 6 ta rus tilidagi telekanallar ko‘rsatilishi taqiqlandi va Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov deport qilindi.
moldova
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38908825_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_59c613ff433b55c2d6df223cfc23ab26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kishinyov sputnik moldova
kishinyov sputnik moldova
Kishinyovdan deport qilingan Sputnik Moldova rahbari tafsilotlarni ma’lum qildi
Moldova hukumati uni “respublika xavfsizligiga tahdid solmoqda” deb hisobladi va uni 10-yilga mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilib, chiqarib yubordi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Kishinyovdan deport qilingan Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov Moskvaga keldi va tafsilotlarni ma’lum qildi, deb
xabar berdi Sputnik “Blijnee zarubejye”.
Moldova hukumati uni “respublika xavfsizligiga tahdid solmoqda” deb hisobladi va uni 10-yilga mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilib, chiqarib yubordi.
“Chiqarish to‘g‘risidagi qaror 8-sentabr kuni imzolangan va apellyatsiya muddati tugaganidan keyin topshirildi. Tayyorlanishim, pul va hujjatlarimni olishimga vaqt berishmadi. Mushukni yolg‘iz o‘zini xonadonga qamab qo‘yishdi”, - deydi Denisov.
Shu bilan birga, Moldova migratsiya xizmati jurnalistga o‘z hisobidan deport qilinishni taklif qilgan.
O‘z navbatida, Denisov Moldovada ruslarning huquqi buzilishi haqida gapirdi.
“Moldovada ular hatto o‘z fuqarolarini ham mamlakatga kiritmasliklari mumkin, ruslarni gapirmasa ham bo‘ladi. Bolali ayollarni mamlakatga tashrif buyurish sababini asoslab bera olmagani uchun kiritmaslik holatlari bo‘lgan. Agar sizda Rossiya pasporti bo‘lsa, siz avtomatik ravishda huquqlardan mahrum bo‘lasiz”, - dedi Denisov.
Shu bilan birga, u moldovalik hamkasblari uni deportatsiya holatida qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi.
“Men Kishinyovdagi tahririyatimizda ishlagan yagona rossiyalikman. Qolganlarning hammasi Moldova fuqarolari, ularning hammasi meni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Bo‘lgan voqea ularni birlashtiradi va ular avvalgidan yomon ishlamaydi”, - deya qo‘shimcha qildi Denisov.
Keyinchalik, deport qilingan jurnalistning mushugi qulflangan kvartiradan ozod qilindi.
E’tiborlisi, Moldova 2023-yilda “Matbuot erkinligi” reytingida 12 pog‘ona ko‘tarilib, “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro inson huquqlari tashkiloti versiyasi bo‘yicha 180 ta davlat orasida 28-o‘rinni egallagan.
Respublikada 10 dan ortiq bloklangan internet resurslari mavjud. Ular orasida Sputnik axborot agentligining 5 sayti ham bor. Shuningdek, mamlakatda Sputnik Moldova radiosi uzatilishi to‘xtatildi, 6 ta rus tilidagi telekanallar ko‘rsatilishi taqiqlandi va Sputnik Moldova rahbari Vitaliy Denisov
deport qilindi.