YeOII, ShHT va BRIKS sammiti bu katta yutuq bo‘ladi — Belarus elchisi
16:27 14.09.2023 (yangilandi: 16:36 14.09.2023)
© Sputnik / Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPosol Belorussii v Rossii Dmitriy Krutoy. Arxivnoe foto
© Sputnik / Fotoxost-agentstvo RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
Belarus elchisi yaqin kelajakda dollardan voz kechish tezlashishini hamba BRIKS davlatlarinng o‘z xalqaro banki paydo bo‘lishi kutilayotganini aytdi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. YeOII, ShHT va BRIKS sammitini o‘tkazish “integratsiyalar integratsiyasi” konsepsiyasining mantiqiy davomiga aylanadi, dedi Belarusning Rossiyadagi elchisi Dmitriy Krutoy Vladivostokda bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forumning (ShIF) yalpi majlisida.
“Yuqori siyosiy saviyani saqlab qolish muhim – mamlakatlarimiz rahbarlarining kelishuvlari, uchrashuvlari juda muhim. Prezidentimizning YeOII, ShHT va BRIKS qo‘shma sammiti haqidagi fikriga qaytsak: bunday sammit bo‘lib o‘tsa, bu jiddiy integratsiya yechimi, "integratsiyalar integratsiyasi" konsepsiyasini ishlab chiqishda ma’lum bir yutuq bo‘ladi" - dedi u.
Krutoy “YeOII va BRIKS: yangi ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishdagi roli” mavzusidagi doklad bilan yalpi majlisida so‘zga chiqdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, birgina o‘tgan yilning o‘zida YeOII va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro savdo “Rossiya va Belarusga nisbatan qo‘llanilgan aqldan ozgan sanksiyalar sharoitida ham” 40 foizga o‘sgan.
"Menimcha, ham dollarning ta’siri ekspertlar kutganidan ham tezroq pasayadi va yaqin kelajakda BRIKSning muqobil zaxira valyutasi paydo bo‘ladi. Ikkinchi muhim element - Yangi BRIKS taraqqiyot banki. Menimcha, u obyektiv ravishda Jahon bankining o‘rniga keladi", - dedi elchi.
Krutoy aytishiga ko‘ra, Jahon banki so‘nggi vaqtlarda hatto ijtimoiy va budjet loyihalarini voz kechib faqat AQSh manfaatlariga xizmat qilmoqda. "Shundan so‘ng, men uning xalqaro tashkilot sifatida qanday omon qolishini tasavvur qila olmayman”, - dedi diplomat.
Belarus elchisi, shuningdek, prognozlarga ko‘ra, joriy yilda Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 55 milliard dollarga yetishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat va ShHT a’zosi hisoblanadi.