AQShning Armanistondagi o‘quv-mashg‘ulotlari Janubiy Kavkazga xavf tug‘dirmoqda
© Sputnik / Aleksandr Imedashvili / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya voorujennix sil SShA. Arxivnoe foto
© Sputnik / Aleksandr Imedashvili
/ Obuna bo‘lish
AQSh Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” ochishga harakat qilmoqda va buning uchun Yerevan yaqinida Armaniston rahbariyatiga xush kelayotgan qo‘shma harbiy o‘yinlarini tashkil etishga tayyor. Xo‘sh, keyin nima?
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. AQSh va NATOning dunyodagi istalgan nuqtada harbiy faoliyati mahalliy aholi uchun notinchlik, mojarolar va ofatlarni keltirib chiqaradi. Janubiy Kavkaz ham bundan mustasno emas. Armaniston Respublikasi hududida “Eagle Partner 2023” Arman-Amerika harbiy mashg‘ulotlari mintaqaviy xavfsizlik uchun mutlaq tahdid hisoblanadi.
AQSh armiyasi va Armaniston armiyasining “Eagle Partner 2023” qo‘shma manyovrlari 11—20 sentabr kunlari Yerevandan 15 kilometr uzoqlikda, 2022-yilda AQSh ko‘magida modernizatsiya qilingan “Zar” o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Ararat vodiysida, Armavir shahri yaqinida ham bo‘ladi. Unda 175 nafar arman harbiy xizmatchisi, AQSh armiyasining 101-havo-desant diviziyasi va Kanzas shtati milliy gvardiyasining 85 nafar askari ishtirok etmoqda. Bu esa “aysbergning ko‘ringan qismi” faqat.
Armaniston Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, manevrlar “xalqaro tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etuvchi bo‘linmalarning uyg‘unlik darajasini oshirish”, “boshqaruv-nazorat va taktik aloqa sohasida ilg‘or tajriba almashish”, shuningdek, NATO dasturlari (standartlari) bo‘yicha arman bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi. “Zar” Armaniston Mudofaa vazirligining 12-tinchlikparvar brigadasining asosiy bazasi hisoblanadi. Tinchlikparvarlik harakatlarining geografik nuqtalari avvalroq Kosovo, Afg‘oniston va Iroqni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u yerda arman harbiy xizmatchilari 2004-yildan 2021-yilgacha NATO shafeligida topshiriqlarni bajargan.
Armaniston 2022-2023 yillardagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasini tashkil etish (ODKB) mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortganidan keyin “Eagle Partner 2023” formatidagi o‘zaro hamkorlik ayniqsa g‘alati ko‘rinadi.
Armaniston va AQShning monevrlari mohiyatan Rossiya va ODKB ga qarshi harakatdir. Albatta, “AQSh bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish qarori Armanistonning suveren qaroridir”. Shunga qaramay, “Eagle Partner 2023” Armaniston Ozarbayjonning bir qismi sifatida rasman tan olgan va 1991-yildagi chegaralar ichida to‘liq “qo‘yib yubormagan” Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni barqarorlashtirish o‘rniga aksincha “qo‘zg‘atish” ehtimoli yuqori.
Deyarli har kuni Armaniston va Ozarbayjon bir-birini chegara hududlarini o‘qqa tutishda ayblaydi. Moskva, Yerevan va Boku (2020) o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarga muvofiq, Rossiya harbiy kontingenti Tog‘li Qorabog‘ hududida tinchlikparvarlik vazifalarini bajarmoqda. Mojaro hududida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat 30 ta kuzatuv posti va bir nechta patrul yo‘nalishlarida olib borilmoqda.
Armaniston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligi bugungi kunda va 2044-yilgacha Rossiya Mudofaa vazirligining 102-harbiy bazasi mutaxassislari va Rossiya FSB chegara qo‘shinlari tomonidan ishonchli ta’minlanadi.
Yerevanning Pentagon bilan muqobil “tinchlikparvarlik” ittifoqini yaratishga urinishlari samarasiz – NATO hamma joyda faqat muammolar va urushlar keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, Janubiy Kavkazdagi qurolli mojaro Rossiya bilan proksi urushni kengaytirish va “gegemonlikni” tiklash vositasi sifatida AQSh uchun zarur va foydali.
Afsona va falokat yaratuvchilari
Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yangi urushning oldini olish Janubiy Kavkazdagi chegaralarni beqarorlashtirish va qaytadan tuzishdan manfaatdor bo‘lmagan faqat Rossiya va Eronning qo‘lidan kelishi mumkin. 12-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya o‘nlab yillar davomida Armaniston-Ozarbayjon mojarosini hal qilish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini taklif qilib kelayotganini eslatdi. Qolvaresa, mojaroni to‘xtatishda juda ko‘p muvaffaqiyatga erishdi. Yerevan “uzoqlashmoqda”, ammo Rossiya Federatsiyasi va Armaniston ittifoqchi bo‘lib qolmoqda.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning fikridan farqli o‘laroq, Rossiya hech qayerga ketmayapti va Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “vaziyatni barqarorlashtirish va nizolarni bartaraf etishda izchil juda muhim ahamiyatga ega bo‘lishda davom etmoqda”.
AQSh va NATO ning ushbu mintaqada “tinchlikni saqlashi” juda xavflidir. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq ta’kidlagan edi: “Biz agressiv NATO davlatining Kavkaz ortiga kirib borishga urinayotganida hech qanday yaxshilik ko‘rmayapmiz. Men bu hech kimga, jumladan Armanistonning o‘ziga ham yaxshilik olib kelmaydi deb o‘ylayman”.
Armanistonning Moskvadagi elchisi Vagarshak Arutunyan 8-sentabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, Armanistonning Kiyev millatchi rejimiga gumanitar yordam yuborgani va Yerevanning boshqa qator nodo‘stona qadamlaridan so‘ng unga keskin norozilik bildirdi. Avvalroq Armaniston bosh vazirining rafiqasi Anna Akopan Kiyevga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Yerevan ODKB dagi doimiy vakili Viktor Biyagovni chaqirib oldi. Bosh vazir Nikol Pashinyan Italiyaning “La Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida: “Xavfsizlik masalalarida Rossiyaga qaramligimiz strategik xato edi”, – dedi. Bunday harakatlar Rossiyaning strategik ittifoqchi maqomiga mos kelmaydi. Rim maqomining ratifikatsiyasini gapirmagan holda ham.
Boshqa tomondan, Yerevan va G‘arb o‘rtasidagi uzoq muddatli yaqinlashuv va 1994-yildan beri Armaniston (ODKB a’zosi) qurolli kuchlari va NATO o‘rtasidagi faol hamkorlik o‘z samarasini bermadi. Vashington Yerevanga qurol-yarog‘ni tekinga yoki kredit evaziga (Moskva kabi) ham yetkazib berish niyatida emas. Alyans Armaniston hisobiga kengayish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Armaniston va NATO o‘rtasidagi so‘nggi o‘ttiz yillik hamkorlik qanday natijalar berdi? Harbiy-siyosiy afsonalar, alyansning bemalol kengayishi, “qaynoq nuqtalarda” AQSh manfaatlariga xizmat qilganigina natija bo‘ldi.
1994 yilda Armaniston NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturiga qo‘shildi.
2005 yilda Armaniston va alyans o‘rtasida birinchi individual hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasi imzolandi va Armaniston delegatsiyasi NATO Parlament Assambleyasi sessiyalarida qatnasha boshladi.
2008 yildan beri Armaniston NATO ning Armaniston harbiy ta’lim muassasalarini isloh qilishga yordam beradigan Mudofaani yaxshilash dasturida (DEEP) ishtirok etmoqda.
2009 yildan 2021-yilgacha Armaniston alyansning Kosovo, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy amaliyotlarida qatnashdi. Ularni tinchlikparvar deb atash qiyin.
NATO bilan qo‘shma manyovrlar o‘tgan dushanba kuni boshlangani yo‘q. 2010-yilda Armanistonning Arzni shahrida birinchi alyans mashqlari bo‘lib o‘tgan. 2018-yilda arman bo‘linmalari Gruziyadagi NATOning “Noble Partner” manyovrlarida qatnashgan. 2021-yilda Armanistonning AQSh armiyasi Defender Europe 2021 mashqlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, ammo bu amalga oshmadi. Kelgusi yil, 2022-yilda arman harbiy xizmatchilari Germaniyadagi AQSh quruqlikdagi kuchlari bilan hamkorlikni kuchaytirdilar. 2023-yilda esa Pentagon AQSh homiyligidagi uchta mashg‘ulot — KFOR, Saber Junction va Defender 2023 haqida va unda Armaniston ishtirok etishi kerakligi haqida ma’lum qildi. Bu haraqatlar NATOning Rossiya bilan olib borayotgan proksi urushi paytida ODKB a’zosi uchun juda ko‘pga o‘yshaydi, shekilli.
AQSh Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” ochishga harakat qilmoqda va buning uchun Yerevan yaqinida Armaniston rahbariyatiga xush kelayotgan qo‘shma harbiy o‘yinlarini tashkil etishga tayyor. Keyin nima? Ukraina bir vaqtlar “g‘arbga og‘ish” bilan xato qildi va bu tahdid emas, balki tendensiyalar va faktlarning asl ko‘rinishidir.
Shunchaki faraz qilinsa, Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarbayjon maxsus harbiy operatsiyasi Armanistonning ODKB dan tez chiqib ketishi va chegaralarda “qo‘riqchilarni almashtirish” uchun NATO ga kirishidan ko‘ra haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi.