https://oz.sputniknews.uz/20230914/aqsh-putinn-ukraina-38957554.html
“Vaziyat yomonlashadi”. AQSh Putinning Ukrainadagi harakatidan xavotirga tushdi
“Vaziyat yomonlashadi”. AQSh Putinning Ukrainadagi harakatidan xavotirga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroda “arqonni uzun tashlab qo‘ygan” va Yevropadagi vaziyat yomonlashishini kutmoqda, bu esa NATOning qulashiga olib keladi. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor “Redacted” YouTube-kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
2023-09-14T17:44+0500
2023-09-14T17:44+0500
2023-09-14T17:44+0500
rossiya
vladimir putin
aqsh
pentagon
ukraina
yevropa
harbiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0e/37843732_0:8:2683:1517_1920x0_80_0_0_e76323a38363e00ac95f03d863892bb1.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroda “arqonni uzun tashlab qo‘ygan” va Yevropadagi vaziyat yomonlashishini kutmoqda, bu esa NATOning qulashiga olib keladi. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor “Redacted” YouTube-kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.“Prezident Putin kutishga qaror qildi. Menimcha, u haqiqatan ham Yevropadagi vaziyat shunchalik yomonlashib, NATO parchalanib ketishiga ishonadi. Yevropaliklar shunchaki: “Biz sizning buyruqlaringizni qo‘limizdan kelganicha bajardik, Vashington, siz esa bizni do‘zaxga olib boradigan yo‘lga olib keldingiz” deydi. Germaniya allaqachon deindustrializatsiya boshlangan”, – dedi u.Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi kurashga o‘zining barcha kuchlari va zaxiralarini darhol ishlatib qo‘ymaydi.Shuningdek, u Rossiya qo‘shinlari mojaroga barham beradigan hujumni boshlashni xohlayotganini va bunga tayyor ekanligini ta’kidladi.To‘rtinchi oydirki ukrainalik harbiylar Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan o‘qitilgan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalari yordamida olg‘a siljishga harakat qilmoqda. Biroq ular frontning biron bir hududida muvaffaqiyatga erisha olmadilar.AQSh hamda Yevropa OAVlari va harbiy ekspertlar ham Kiyev rejimining yozgi kampaniyasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini yozmoqda. Shu bilan birga, ular Rossiyaning minalangan maydonlari va qatlamli mudofaasining samaradorligini qayd etishmoqda.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0e/37843732_0:0:2662:1996_1920x0_80_0_0_50d5c3f99958149f38da74eb742eb46d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh ukraina rossiya vladimir putin mojaro
aqsh ukraina rossiya vladimir putin mojaro
“Vaziyat yomonlashadi”. AQSh Putinning Ukrainadagi harakatidan xavotirga tushdi
Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Putin Ukrainadagi mojaroda “arqonni uzun tashlab qo‘yganini" taxmin qildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroda “arqonni uzun tashlab qo‘ygan” va Yevropadagi vaziyat yomonlashishini kutmoqda, bu esa NATOning qulashiga olib keladi. Bu haqda Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor “Redacted” YouTube-kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Prezident Putin kutishga qaror qildi. Menimcha, u haqiqatan ham Yevropadagi vaziyat shunchalik yomonlashib, NATO parchalanib ketishiga ishonadi. Yevropaliklar shunchaki: “Biz sizning buyruqlaringizni qo‘limizdan kelganicha bajardik, Vashington, siz esa bizni do‘zaxga olib boradigan yo‘lga olib keldingiz” deydi. Germaniya allaqachon deindustrializatsiya boshlangan”, – dedi u.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi kurashga o‘zining barcha kuchlari va zaxiralarini darhol ishlatib qo‘ymaydi.
Shuningdek, u Rossiya qo‘shinlari mojaroga barham beradigan hujumni boshlashni xohlayotganini va bunga tayyor ekanligini ta’kidladi.
To‘rtinchi oydirki ukrainalik harbiylar Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan o‘qitilgan va G‘arb harbiy texnikasi bilan qurollangan jangovar brigadalari yordamida olg‘a siljishga harakat qilmoqda. Biroq ular frontning biron bir hududida muvaffaqiyatga erisha olmadilar.
AQSh hamda Yevropa OAVlari va harbiy ekspertlar ham Kiyev rejimining yozgi kampaniyasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini yozmoqda. Shu bilan birga, ular Rossiyaning minalangan maydonlari va qatlamli mudofaasining samaradorligini qayd etishmoqda.