Yodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi

© UzbekkonsertYodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Yodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Bishkek shahrida MDHga a’zo davlatlar ijodkor va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi "O‘zbekkonsert".
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida MDHga a’zo davlatlar ijodkor va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Yodgor Sa’diyevga "Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti tantanali tarzda topshirildi.
© UzbekkonsertYodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Yodgor Sa’diyev nagrajden premiyey Zvezdi Sodrujestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Yodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Shuningdek, Bahrom Norboyev “Debutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, ushbu mukofot 2008-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 2009-yili ilk bor o‘z sohiblariga taqdim etilgan. Mazkur mukofot madaniyat, san’at, ta’lim, ilm-fan yo‘nalishida samarali ijod qilib kelayotgan, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, MDH mamlakatlaridagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga oid loyihalarda faol ishtiroki uchun beriladi.
MDHga a’zo davlatlar ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumiga o‘tgan yili Toshkent shahri mezbonlik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0