Toshkentda turk xiyobonini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi

© press-slujba xokimiyata goroda Tashkenta Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Taraflar Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish, poytaxtda turk xiyobonini tashkil qilish kabi masalalarni muhokama etdilar.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Bugun, 13-sentabr kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Bu haqda shahar hokimligi saytida ma’lum qilindi.
Umurzoqov ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali siyosiy va biznes-aloqalarning qamrovi kengligini ta’kidladi. Mehmonga Yangi Toshkent tumani, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ma’lumot berib, Olgan Bekar ko‘magida turk kompaniyalari Toshkent rivojiga ulkan hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Olgan Bekar qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu davlatlar rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, taraflar Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish, poytaxtda turk xiyobonini tashkil qilish kabi masalalarni muhokama etdilar.
Umurzoqov ushbu masalalarning yechimida imkon qadar ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida, Olgan Bekar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0