https://sputniknews.uz/20230913/samarqandda-challenge-samarkand-2023-sport-festivali-otkaziladi-38860357.html
Samarqandda “Challenge Samarkand-2023” sport festivali o‘tkaziladi — sana
Samarqandda “Challenge Samarkand-2023” sport festivali o‘tkaziladi — sana
Musobaqa Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
2023-09-13T12:33+0500
2023-09-13T12:33+0500
2023-09-13T12:34+0500
sport
samarqand
musobaqa
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38798700_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_a484999c08856cc20d9a69bae71dd855.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Joriy yilning 16-17 sentabr kunlari Samarqand shahrida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Musobaqa Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi."Challenge Samarkand" turnirining suzish bahslari eshkak eshish kanalida 1,9 kilometr masofada tashkil etiladi.86 kilometr masofada bo‘lib o‘tadigan velosport bosqichi "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasidan boshlanadi va u ikki davradan iborat bo‘ladi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim madrasasi, Afrosiyob bozoridan o‘tib, so‘ngra zamonaviy Samarqand ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishadi.Yugurish bosqichi esa "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasi hududida o‘tkaziladi va unda sportchilar 21,5 kilometr masofani bosib o‘tishlari kerak."Challenge Samarkand-2023"da 2000 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Ularning aksariyatini xorijlik atletlar tashkil etadi.Ma’lumot uchun, "Challenge Samarkand" – "Challenge Family" xalqaro brendi ostidagi triatlon poygasidir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0c/38798700_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_840956c52411aaa52a055b130835e9dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
samarqand “challenge samarkand-2023”
samarqand “challenge samarkand-2023”
Samarqandda “Challenge Samarkand-2023” sport festivali o‘tkaziladi — sana
12:33 13.09.2023 (yangilandi: 12:34 13.09.2023) Musobaqa Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Joriy yilning 16-17 sentabr kunlari Samarqand shahrida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Musobaqa Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
"Challenge Samarkand" turnirining suzish bahslari eshkak eshish kanalida 1,9 kilometr masofada tashkil etiladi.
86 kilometr masofada bo‘lib o‘tadigan velosport bosqichi "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasidan boshlanadi va u ikki davradan iborat bo‘ladi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim madrasasi, Afrosiyob bozoridan o‘tib, so‘ngra zamonaviy Samarqand ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishadi.
Yugurish bosqichi esa "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasi hududida o‘tkaziladi va unda sportchilar 21,5 kilometr masofani bosib o‘tishlari kerak.
Ushbu musobaqalar doirasida triatlon bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Respublika birinchiligida O‘zbekistonning eng kuchli triatlonchilari mamlakat chempionligi uchun kurash olib borishadi.
"Challenge Samarkand-2023"da 2000 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Ularning aksariyatini xorijlik atletlar tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Challenge Samarkand" – "Challenge Family" xalqaro brendi ostidagi triatlon poygasidir.